O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi
BMTtarkibidagi tashkilotlarning tashkil topishi va faoliyati xakida umumiy
Download 219.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Akmaljon Abdurasulov
1. BMTtarkibidagi tashkilotlarning tashkil topishi va faoliyati xakida umumiy
tushuncha Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik.
Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti xomiyligida muxtor muassasa sifatida 1957 yilda tashkil topgan. U atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo'yicha ilmiy va texnik hamkorlik borasida xukumatlararo jahon markaziy forumi sifatida xizmat qiladi. Agentlik o'zining 127 ta a'zo davlatlariga atom energiyasi sohasida o'zlarining mustaqil ilmiy dasturlarini ishlab chiqishlarida texnik yordam ko'rsatadi. Agentlik faoliyatining qariyib yarmi oziq- ovqat sanoati, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash, sanoat va gidrologiya, shuningdek, atrof muhit ifloslanishi va ayniqsa dengiz suvi bo'yicha dasturlarda mujassamlashgan. Agentlik yadro materiallarini xarbiy maqsadlarga qaratmaslik kafolatini nazarda tutgan xalqaro shartnomalarga amal qilinishini nazorat etishda davlatlarga yordam beradi. Butun dune bo'yicha 200 inspektor, 900 dan ortiq qurilma va boshqa ob'yektlarni Agentlikning kafolat dasturi doirasida nazorat qilib boradi. Yadroviy dasturlar sonini o'sishi va jamoatchilik diqqat- e'tiborini xavfsizlik jabxasiga qaratish bilan Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlikning yadro xavfsizligi bo'yicha asosiy standartlarini belgilaydi, shuningdek, anik operasiyalarning bajariligi bo'yicha, shu jumladan, reaktiv moddalar tashilishining xavfsizligi bo'yicha qoida va qo'llanmalarni joriy qiladi. Agentlik radiasiyadan talofat ko'rilgan xollarda a'zo davlatlarga shoshilinch yordam ko'rsatadi. Agentlikning rahbar organlari har yili chaqiriladigan barcha a'zo davlatlar vakillaridan iborat Bosh Konferensiya va 35 a'zodan iborat boshqaruvchilar kengashidir. 13 a'zo Kengash tomonidan tayinlanadi. 22 a'zo esa Konferensiya tomonidan saylanadi. Agentlik dasturlariga 1998 yilda doimiy byudjetdan 221 million dollar ajratildi va Yana 71 dollar byudjetdan tashqari mablag'lardan tushdi. Bosh direktorii : Janob Muhammad Elbaradey ( Misr) Bosh qarorgoh : Vena ( Avstriya).
Download 219.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling