O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi
BMT dasturlarining tashkil topishi va ularning faoliyati to'g'risida umumiy
Download 219.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Akmaljon Abdurasulov
2.BMT dasturlarining tashkil topishi va ularning faoliyati to'g'risida umumiy
tushuncha. Jaxon Oziq – Ovqat dasturi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi sifatida Jahon oziq – ovqat dasturi oziq – ovqat yordam ko'rsatish bo'yicha yirik, ko'pqirrali tashkilot bo'lib, 3 million tonnaga yaqin mahulotni taqsimlash uchun ma'suldir. 1963 yilda tashkil topgan oziq – ovqat dasturiga rivojlanayotgan davlatlarni kambagal axolisiga yordam ko'rsatish va jahonda ochlik va nochorlik bilan kurash olib borish vazifasi yuklatilgan. U iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga erishish uchun oziq – ovqat yordam ko'rsatishdan foydalanadi.
Favqulotda vaziyatlarda Jahon oziq – ovqat dasturi tabiiy yoki odamlar faoliyati tufayli kelib chiqqan talofatlar qurbonlarga, urushlardan jafo chekkanlarga shoshilinch yordam ko'rsatadi. Unig 70 foiz resurslari favqulotda yordam ko'rsatishga sarf etiladi. Xisob kitoblarga qaraganda Jahon oziq – ovqat dasturi yordamidan 50 kishi foydalanadi. Jahon oziq – ovqat dasturi xodimlari 4115 kishini tashkil etadi, shundan 1525 xodim turli joylar, 581 kishi bosh qarorgoh va qariyib 2180 kishi asosan favqulotda operasiyalar bilan mashg'ul bo'lgan vaqtinchalik xizmat qilayotgan xodimlardir. 1997 yilda dunyoning 84 mamlakatidagi 53 million kishi uchun 2,7 million tonna oziq – ovqat yetkazib berildi. beriladigan oziq – ovqat mahsulotlarining ko'p qismlarini mamlakatlarning tabiiy mahsulotlardan qilgan xayr ehsonlari tashkil etsa, 300 milliondan ortiq dollarlik mahsulot jamoalar va ayrim shaxslardan tushgan naqd pulga sotib olinadi. Jahon oziq ovqat dasturi BMT tizimidagi rivojlanayotgan mamlakatlardan eng yirik xizmatlar va oziq – ovqat sotib oluvchidir. Jahon oziq–ovqat dasturi siyosat va oziq–ovqat yordami bo'yicha 42 a'zodan tashkil topgan komitet tomonidan boshqariladi. Komitet tarkibining yarmi Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, yarmi esa BMT oziq – ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti tomonidan tayinlanadi Komitet yiliga ikki marta yig'iladi.
Download 219.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling