YUNESKO 1946 yilda tashkil topgan bo'lib, uning mAqsadi insoniyatning aql
zakovati va ahloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni barpo qilishdir. Uning
faoliyat doirasi maorif, tabiiy, ijtimoiy va insonparvarlik fanlarini, madaniyat va
YUNESKO dasturlari dune madaniyatiga ko'maklashishi, barqaror taraqqiyot va
insoniyat taraqqiyoti uchun yo'naltirilgan. Ular barcha insonlar uchun maorif
yutuqlarini to'playdi; ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishga
kumaklashadi; milliy madaniyatni ruyobga chiqishini qo'llab quvvatlaydi; dunyoviy
meros hisoblangan boyliklarni saqlash va kengaytirishga axborotlar oqimi va matbuot
erkinligiga
yordam
beradi,
shuningdek,
rivojlanayotgan
davlatlarning
kommunikasiya imkoniyatlarini oshirishga ko'maklashadi.
YUNESKO milliy komessiyalar, assosiasiyalar, markaz va klublar kumagidan
foydalanadilar. U395 dan ortiq noxukumat tashkilotlari va jamg'armalar, shuningdek
xalqaro hamda xududiy birlashmalar bilan hamkorlik qiladi.
YUNESKOning rahbar organi barcha a'zo davlatlarni jamlagan Bosh
Konferensiyalar hisoblanadi, u ikki yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiyada qabul
qilingan dasturlar bajarilishini Bosh Konferensiyada saylangan 58 a'zodan iborat
Ijroya kengash kuzatib boradi.
Bosh direktor:Federiko Mayor. Saragosa(Ispaniya)
Bosh qarorgox : Parij.
Do'stlaringiz bilan baham: