O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi
O'zbekistonning BMT muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi
Download 219.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Akmaljon Abdurasulov
3.O'zbekistonning BMT muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi.
O'zbekiston Respublikasi o'zi hohish irodasi va taklifiga ko'ra 1992 yil 2 martda jaxondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi: O'zbekiston BMT nizomini, xalqaro huquqiy me'yorlarni, davlatlararo muomala qoidalarini, shuning BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jaxonhamjamiyatining to'la teng huquqli a'zosi bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo'yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqIrish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, orol muammosini hal eti shva boshqa masalalar bo'yicha bir qator takliflarni o'rtaga qo'ydi.
1993 yil fevralda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O'zbekiston Respublikasi va BMT rahbarlarining sa'y-harakatlari natijasida BMT ning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMT ning taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo'yicha oliy qo'mita komissari, jaxon sog'liqni saqlash tashkiloti, aholini joylashish jamg'armasi, narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, sanoat taraqqiyoti dasturi, bolalar jamg'armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o'z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. 1993-1997 yillarda BMT
vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida O'zbekistonda ko'plab xalqaro tadbirlar o'tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMT ning qochoqLar ishi bo'yicha oliy qo'mitasi komissorining vakili tojik qochoqlarini yurtiga qaytarish, ularga BMT ning insonparvarlik yordamini yetkazish bo'yicha katta tadbirlarni amalga oshirdi.
1994 yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo'lgan jaxon sayyoxlik tashkilotining “Ipak yo'li” xalqaro yig'ilishi jaxon sayyoxlik tashkilotining “Ipak yo'li” xalqaro yig'ilishi jaxon sayyoxlik va tijorat ishlarida O'zbekistonning mavqeini yanada ko'tardi.
1995 yil 20 yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi Bilan hamkorlikda seminar kengash bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, o'zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo'llari muhokama etildi.
O'zbekistonning tashabbusi bilan BMT rahnomaligida 1995 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag'ishlangan seminar kengash bo'lib o'tdi. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlari xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustaxkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. Shuningdek mintaqadagi mojarolarni bartaraf etish, barqarorlik va hamkorlikni ta'minlash xalqaro tashkilotlarning ham vazifasi ekanligi ta'kidlandi. Negaki, mintaqalar xavfsizligi jaxon xavfsizligining garovidir.
O'zbekiston BMT ning 50 yillik tantanalarida va seminar kengashlarida faol qatnashib kelayotganligi hamda jahon muammolari bo'lmish Afg'onistondagi urush, orol muammolariga barham berishdagi sa'y-harakatlardan biz ko'rishimiz mumkinki, BMT ning muassasalari va dasturlari Bilan faol hamkorlik olib borayapti.
Bugungi kunda O'zbekiston BMT Bilan faol aloqa o'rgatgan davlatlardan biri hisoblanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling