O'zbekistonning bmt muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhitni muxofaza etish dasturi
Download 219.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Akmaljon Abdurasulov
Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhitni muxofaza etish dasturi.
(YUNEP)
BMT ning atrof muhit dasturi (YUNEP) ga 1972 yilda asos solingan. Uning tashkil etilishidan mAqsad mamlakatlar va xalqlar turmush darajalarini kelgusi avlod uchun zarar yetkazmaydigan tarzda yaxshilashni kuzda tutuvchi imkoniyatlar yaratish yo'li bilan atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan muomala qilish bo'yicha rahbarlikni ta'minlash va sherikchilikni rag'batlantirishdir.
Atrof muhitni muhofaza qilishda YUNEP bosh organ sanalib, global ekologik dasturni ishlab chiqadi. BMT tizimida tabiatni asrash jabhasining barqaror rivojlanishi uchun izchil ravishda faoliyat ko'rsatadi va butun yer kurrasida tabiatni ximoya qilishga astoydil ko'maklashadi. YUNEP ning bosh vazifalari – odamlar istiqomat qiladigan global muhit xolatini urganish, atrof-muhit xolatini urganish, atrof-muhitdagi o'zgarishlarni baholab qulay sharoitda ogohlantirish va atrof muhit uchun xavf-xatar tug'ilganda yo'l-yo'riqlarni ishlab chiqish, konvensiyalarni o'zaro muvofiqlashtirish, ekologik muammo paydo bo'lganda zudlik bilan kelishilgan xalqaro me'yor va qoidalarni amalga oshirishga ko'maklashish; tabiatni muxofaza qilish faoliyatini BMT doirasida koordinasiya qilib turish; global ekologiya jamg'armasi mablag'larini taqsimlash bo'yicha muassasalarni o'z majburiyatlarini bajarishga undash; ekologik ta'limni rag'batlantirish va bunga jamiyatning barcha qatlamlarini jalb qilish; fan olami va siyosiy qaror qabul qilish uchun shaxslar bilan amaliy aloqalar urnatish; bu boradagi siyosatni ishlab chiqishga yordam berish va muhim masalalar bo'yicha tegishli institutlarni tashkil etish xususida xukumatlar o'amda tashkilotlar bilan maslaxatlashishdan iboratdir.
YUNEP ning 1996-1997 yilarga mo'ljallangan ish rejalaridan tabiiy resurslardan foydalanish va uni oqilona boshqarishni tashkil etish; ekologik xavfsizlik, ishlab chiqarish va iste'foda etish; insonlar salomatligi va farovonligini barqaror etish maqsadida atrof-muhitni yaxshilash; iqtisodni globallashtirish va atrof muhit muhofahasi kabi masalalar joy olgan.
YUNEP ning asosiy nashrlaridan biri – ikki yilda bir marta chop etiladigan “Jahon atrof-muhit muhofazasining istiqboli” sharhidir. Bu nashrda xududiy ekologik muammolar tahlili va ularni xal etish strategiyasi, shuningdek tabiatni muhofaza qilishda kelajakda matematik modellashtirishdan foydalanish istiqbollari bilan tanishtiriladi.
YUNEP xukumatlarni maqsadli jamg'armalarini jalb etishdan ixtiyoriy tarzda tushgan badallar hisobiga tashkil etilgan Iqtisodiy jamg'arma tomonidan va BMT doimiy byudjetidan ajratilgan kichik miqdordagi pul mablag'lari evaziga moliyalashtiriladi. 1996 va 1997 yillardagi byudjet 90 va 105 million dollarni tashkil etdi.
YUNEP ning rahbar organi 58 mamlakat vakillaridan iborat boshqaruvchilar kengashidir, ular har yili to'planadilar.
Ijrochi direktor: janob Klaus Topfer (Germaniya ) Bosh qarorgoh: Nayrobi (Keniya) Internet: www.unep.org Download 219.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling