O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
амалий колло
11- Amaliy mashg'ulot
YUMB ERITMALARINING REOLOGIK XOSSALARI. ERITMALARNING QOVUSHQOQLIGI, QOVUSHQOQLIK TURLARI. YUMB MOLEKULYAR MASSASINI ANIQLASH YUMB ERITMALARINING QOVUSHOQLIGI Yuqori molekulyar modda eritmalari qo’yi molekulyar modda eritmalaridan o’zlarining yuqori qovushoqligi bilan farq qiladi. Bunga asosiy sabab shuki, erigan modda molekulalari katta va ular ipsimon tuzilgan bo’ladi. Polimer eritmasining konsentratsiyasi ortishi bilan eritmaning qovushoqligi tez ortadi. Bu xodisaning sababi shundaki, polimerlarning konsentrlangan eritmalarida ayrim – ayrim molekulalar bilan bir qatorda ularning assotsilanish mahsulotlari ham bo’ladi. Bundan tashqari, konsentratsiya oshganda YuMB eritmasida ichki struktura to’rlari orasiga joylashgan suyuqlik immobillanishgan bo’ladi, ya‘ni o’zining oquvchanligini yo’qotadi. Shuning uchun ham YuMB eritmalarida polimerning uzunchoq molekulalari suyuqlikning oqish yo’nalishiga parallel joylashganida eritmaning qovushoqligi kamayadi. 2. YUMB ERITMALARIGA ELEKTROLITLARNING TA‘SIRI Agar YuMB eritmasiga liofob kolloidni koagulyatsilay oladigan miqdorda (ba‘zan hatto eritmani to’yintirish uchun yetarli miqdorda) elektrolit qo’shilsa, erigan modda ajralib chiqmaydi. Lekin elektrolitdan yana ko’proq miqdorda qo’shilsa, erigan modda elektrolit ta‘siridan ajralib chiqadi. YuMB eritmalariga ko’p miqdorda elektrolit qo’shilganida erigan moddaning ajralib chiqishi «tuzlanish» deyiladi. Bu hodisa faqat ko’p miqdordagi elektrolitlar ta‘siridagina emas, masalan, atseton va boshqa neytral moddalar vositasi bilan ham vujudga keltirilishi mumkin. Barcha anionlarning «tuzlash» ta‘siriga qarab, ularning bir qatorga terish mumkin (bu qatorda chapdan o’ngga tomon anionlarning «tuzlash» ta‘siri kamayib boradi). SO 4 2– > F – > tartrat > atsetat > Cl – > NO 3 – > J – > CNS – Bu qatorga anionlarning liotrop qatori deyiladi. Ishqoriy metallar sulfatlarining «tuzlash» xususiyati tekshirib ko’rilgandan keyin, ishqoriy metall kationlarini ham quyidagi liotrop qatorga terish mumkin bo’ladi: Li + > Na + > K + > Rb + Ishqoriy metallar kationlarining liotrop qatori quyidagicha bo’ladi: 28 Mg 2+ > Ca 2+ > Sr 2+ > Ba 2+ Ionning liotrop qatordagi o’rni uning gidratlanish darajasiga bog’liq: biror tuz ionlari qancha kuchli gidratlansa, u tuz (elektrolit) suvni shuncha ko’p tortib oladi va boshqa moddalarni erita oladigan suv shuncha kam qoladi. Oqsil eritmasiga elektrolit qo’shilganida oqsilning ajralib chiqishiga sabab shuki, sistemada erkin suv miqdori kamayadi, elektrolitni eritgan suv esa oqsil uchun erituvchi bo’la olmaydi. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan liotrop qatorlarning birinchi a‘zolari bo’lgan SO 4 2- , Li + , Mg 2+ , Ca 2+ ionlar eng kuchli gidratlanuvchi ionlardir. Elektrolit polimerlarning (oqsillarning) eritmalarida muhit pH i «tuzlanishi»ga katta ta‘sir ko’rsatadi. Masalan, ishqoriy muhitda oqsillaring «tuzlanishi» yuqoridagi liotrop qatorlarga muvofiq keladi; kislotali muhitda oqsilning «tuzlanishi» yuqoridagi qatorlarning teskari tartibiga muvofiq keladi. Kuchli kislotali muhitda oqsillar elektrolitlar ta‘sirida qaytmas tarzda «tuzlanadi», bu sharoitda oqsilda denaturatsiya ro’y beradi. «Tuzlanish» ko’pgina texnologiyaviy jarayonlarda katta ahamiyatga ega. Masalan, yelim holatiga keltirilgan sovun eritmasiga ko’p miqdorda osh tuzi qo’shib, qattiq sovun hosil qilinadi. YuMB eritmalarining harorati o’zgartirilsa yoki unga past molekulyar modda eritmasi qo’shilsa, koaservatsiya (qavatlanish) deb ataladigan xodisa ro’y beradi. Koaservatsiya quyidagicha namoyon bo’ladi: avval eritmada juda kichik, lekin mikroskopda ko’rinadigan tomchilar hosil bo’ladi; bu tomchilar kattalasha boradi va o’zaro birlashib, suyuqlik qavatini hosil qiladi. Buning natijasida eritma ikki qavatga ajraladi: yuqorida molekulyar moddaning konsentrlangan eritmasi, pastda uning suyultirilgan eritmasi bo’ladi. Koaservatlarning fizika – kimyoviy xossalari ko’p jihatdan protoplazma xossalarini eslatadi. 3. YUMB ERITMASINING OSMOTIK BOSIMI YuMB eritmalarining ham osmotik bosimi bo’ladi. Polimer eritmalarining osmotik bosimi liofob kolloid zollarining osmotik bosimiga qaraganda birmuncha katta, lekin xuddi ushanday og’irlik konsentratsiyadagi molekulyar eritmalarinikidan bir necha marta kichikdir. Polimer eritmalaridagi osmotik bosim ideal eritmalaridagi osmotik bosimdan katta bo’ladi. Buning sababi quyidagicha tushuntiriladi: ma‘lumki osmotik bosim eritmalaridagi zarrachalar soniga proporsional, ya‘ni zarrachalar, masalan, molekulalar soni qancha ko’p bo’lsa, osmotik bosim ham shuncha katta bo’ladi. Agar polimer modda bilan quyi molekulyar moddaning zarrachalari teng bo’lgan eritmasini olib, ularning osmotik bosimlari o’lchansa, polimer eritmasining osmotik bosimi bir necha marta ortiq chiqadi. Buning sababi shundaki, polimerning zanjirsimon yirik molekulalari egiluvchan, ya‘ni uning turli qismlari mustaqil harakatlanishi va, binobarin bu bitta katta molekula quyi molekulyar modda molekulalaridan bir qanchasining kinetikaviy ishini bajarish mumkin. 29 SHuningdek, polimer eritmasining bug’ bosimi ham nihoyatda kichik. Polimer suyultirilgan eritmasining bug’ bosimi xuddi quyi molekulyar moddalarning yuqori konsentratsiyali eritmalarining bug’ bosimi kabidir. Bunday anomal xodisasining sababi ham polimer makromolekulasining egiluvchanligidan kelib chiqadi. YuMB konsentrlangan eritmalarining osmotik bosimini o’lchash natijasida uning molekulyar massasini hisoblab topiladi. Polimerlar molekulyar massasini topishning ikkinchi usuli polimer eritmalarining qovushoqligini o’lchashga asoslangan. 4. YUQORI MOLEKULYAR ELEKTROLITLAR YuMB eritmalarining ham quyi moddalarning eritmalari kabi elektrolitlarga va noelektrolitlarga bo’linadi. Yuqori molekulyar elektrolitlar eritmada ionlarga ajraladi: ularning o’ziga xos dissotsilanish darajasi bo’ladi. Tajribada aminokislotalar qoldig’i bo’ladigan oqsillar yuqori molekulyar elektrolitlarga misol bo’la oladi. Aminokislotalar tarkibidagi karboksil guruh – COOH kislota xossalarini, amino guruh–NH 2 esa asos xossalarini namoyon qiladi. Shu sababdan aminokislotalar va, demak, oqsillar ham amfoter xossalarga ega. Aminokislotalarning kislotali funktsiyasini quyidagicha tushuntirish mumkin. Aminokislota molekulasi suvdagi eritmada dissotsilanadi: RNH 2 – COOH RNH 2 – COO - + H + bu yerda R – uglevodorod radikali. Dissotsilanish natijasida vodorod ioni va katta o’lchamli anion RNH 2 COO - hosil bo’ladi. Aminokislotalarning asos xossalari quyidagicha tushuntiriladi: aminokislota tarkibiga kiruvchi aminoguruh suvdagi vodorod ionlari bilan birikib, eritmada gidroksil ionlarini hosil qiladi: NH RNH 2 – COOH + H 2 O HR + + OH - (XV.2) COOH Aniqlanishicha, aminokislotalarning kislota xossalari asos xossalaridan kuchlidir. Toza suvga solinganda oqsil ioni manfiy zaryadga ega bo’ladi. Buning sababi shundaki, oqsil suvda kislota tarzida ko’proq dissotsilangani uchun juda ko’p vodorod ionlari hosil bo’ladi. Vodorod ionlari bilan birga oqsilning manfiy zaryadli juda ko’p ionlari ham hosil bo’ladi. 30 Ammo kislotali muhitda, ya‘ni vodorod ionlari ko’p bo’lgan sharoitda oqsilning vodorod ionlari hosil qilish bilan boradigan dissotsilanishi zaiflashadi: (XV. 1.) muvozanat chapga siljiydi va aminokislotalarning vodorod ionlarini biriktirib olish jarayoni kuchayadi. (XV.2.) muvozanat o’nga siljiydi. Eritmadagi vodorod ionlarining kontsentratsiyasi ma‘lum bir qiymatga yetganda bu ikki jarayon o’zaro muvozanatga keladi, ya‘ni oqsil molekulalari biriktirib oladigan vodorod ionlarining soni ular ajralganda hsol bo’ladigan vodorod ionlari soniga teng bo’ladi, bunda oqsil zarrachalaridagi musbat va manfiy zaryadlar tenglashib neytral holatga keladi. Barcha zaryadlarning yig’indisi nolga tengbo’labi, sistema izoelektrik holatga keladi. Izoelektrik nuqtada oqsil molekula moddasi (formula yoki formula) tarkib li bo’ladi. Sistemaning izoelektrik holatga kelgan vaqtidagi pH qiymati ayni yuqori molekulyar moddaning izoelektrik nuqtasi deyiladi. Masalan, tuxum albumining izoelektrik nuqtasi 4,8 ga, gemoglobinniki esa 6,7 ga teng. Oqsillar vodorod ionlarini ham, gidroksil ionlarini ham biriktirib olish xossasiga ega bo’lganligidan ularning eritmalari bufer eritmalar vazifasini o’taydi. Qonning buferlik xossasi unda, asosan oqsil – gemoglobin borligidan kelib chiqadi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling