O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
ruxsat beraman. Kirish svetofori ochiq"; "va kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
- Bu sahifa navigatsiya:
- YORDAM KO’RSATILISHI 205.
- "№_______ poezdi lokomotivi mashinisti. Oldinda to’xtab qolgan №_________ poezdga yordam ko’rsating. DNS _________".
- "№_______poezd mashinistiga. Poezd tarkibini mahkamlang, undan ajraling va oldinda to’xtab qolgan №__________ poezdga yordam ko’rsating. DNS _______".
ruxsat beraman. Kirish svetofori ochiq"; "va kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida
__ yo’lga harakat qilishga ruxsat beraman. Qabul qilish marshruti tayyor"; "va ____ yo’lga harakat qilishga ruxsat beraman. Qabul qilish marshruti tayyor". PEREGONDA TO’XTAB QOLGAN POEZDGA ORTIDAN KELAYOTGAN POEZD LOKOMOTIVI TOMONIDAN YORDAM KO’RSATILISHI 205. Avtoblokirovka va poezd radio aloqasi bilan jihozlangan uchastkalarda, ko’rinish yaxshi bo’lgan sharoitda, peregonda to’xtab qolgan poezdga yordam ko’rsatish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin: peregonda to’xtab qolgan poezddan keyin borayotgan yakka lokomotiv; peregonda to’xtab qolgan poezddan keyin borayotgan yuk poezdi tarkibidan ajratilgan lokomotiv; lokomotivini uzmasdan ortdan kelayotgan yuk poezdi. Yordam ko’rsatishning u yoki bu usuli poezd dispetcheri tomonidan yuzaga kelgan vaziyat har tomonlama baholangandan so’ng ikkala lokomotivning mashinistiga beradigan qayd etiluvchi buyrug’i asosida amalga oshiriladi. Yordam ko’rsatish uchun lokomotivni odamli poezddan va 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan poezddan ajratish taqiqlanadi. Bunday poezdlardan, lokomotivni tarkibdan uzmasdan yordam ko’rsatish uchun ham foydalanish taqiqlanadi. 206. Yordam peregonda to’xtab qolgan poezddan keyin borayotgan yakka lokomotiv tomonidan ko’rsatilsa, buyruq quyidagi shaklda uzatiladi: "№_______ poezdi lokomotivi mashinisti. Oldinda to’xtab qolgan №_________ poezdga yordam ko’rsating. DNS _________". Yordam ortdan kelayotgan yuk poezdidan ajratiladigan lokomotiv tomonidan ko’rsatilsa, buyruq quyidagi shaklda uzatiladi: "№_______poezd mashinistiga. Poezd tarkibini mahkamlang, undan ajraling va oldinda to’xtab qolgan №__________ poezdga yordam ko’rsating. DNS _______". Bunday buyruqni berishdan avval poezd dispetcheri lokomotiv uzilishi lozim bo’lgan poezd tarkibi qulay profilda joylashganini, uni tormoz boshmoqlari va qo’l tormozlari bilan ushbu Yo’riqnomaning 189-bandida ko’zda tutilgan tartibda ketib qolishidan mahkamlash mumkinligiga ishonch hosil qilishi shart. Vagonlarni ketib qolishdan mahkamlamasdan turib lokomotiv mashinistiga lokomotivni poezd tarkibidan ajratish taqiqlanadi. 207. Yordam ko’rsatish uchun foydalaniladigan lokomotiv mashinistlariga poezd dispetcherining buyrug’ini olgandan so’ng band blok-uchastkaga kirib, oldinda turgan poezd oldida to’xtash imkonini beruvchi tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi. Ushbu poezd tarkibiga yetmasdan turib machinist to’xtashi, oxirgi vagonning avtoulagichini shaxsan ko’zdan kechirishi, lokomotiv avtoulagichini "buferga" holatiga mahkamlashi, shundan keyingina ehtiyotkorlik bilan tarkibga yurib borishi lozim. Surish birinchi poezdning mashinisti beradigan signal (ko’rsatma)ga asosan boshlanadi, shundan so’ng ikkala lokomotivning mashinistlari o’zaro radio orqali aloqa qilib, harakatlarini muvofiqlashtirishlari shart. Yordam ko’rsatishga ehtiyoj qolmagandan so’ng ikkinchi lokomotiv, yetakchi lokomotivning signali (ko’rsatmasi)ga binoan surishni to’xtatadi. Yordam to’xtab qolgan poezdning ortidan kelayotgan yakka lokomotiv tomonidan ko’rsatilgan bo’lsa, surishni to’xtatgandan so’ng u avtoblokirovka signallari bo’yicha harakatni mustaqil davom ettiradi. Yordam orqadan kelayotgan poezddan ajratilgan lokomotiv tomonidan ko’rsatilgan bo’lsa, ushbu lokomotiv surishni to’xtatgandan so’ng ortda qolgan tarkibga qaytadi, bunda, yordam ko’rsatish jarayonida poezd bilan birgalikda oldindagi stansiyaga yetib kelgan bo’lsa, peregonda qolgan tarkibga stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga binoan, peregonni egallashi uchun qo’shimcha ruxsatsiz qaytadi. Ortda qolgan tarkibga yetib bormasdan turib mashinist lokomotivni to’xtatadi va avtoulagichni biriktirishga tayyor ekanligiga shaxsan ishonch hosil qiladi. Lokomotivni tarkibga ulanish uchun keyingi harakati alohida extiyotkorlik bilan amalga oshiriladi. Lokomotiv ulanib, tormozlash havo magistrali belgilangan bosimgacha to’ldirilgandan so’ng avtotormozlarning qisqa sinovi o’tkaziladi, shundan so’ng lokomotiv brigadasi xodimlari yoki bosh konduktor vagon g’ildiraklari ostidan tormoz boshmoqlarini chiqarib oladilar va qo’l tormozlari qo’yib yuboriladi. 208. Peregonda to’xtab qolgan poezdga orqadan kelayotgan poezd tomonidan yetakchi lokomotivini ajratmasdan yordam ko’rsatilishiga favqulodda holatlarda, faqat DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan uchastkalarda hamda yordam ko’rsatishda foydalaniladigan poezdning uzunligi va og’irligi belgilangan me'yorlardan oshmagan holatlardagina ruxsat beriladi. Shu usulda yordam ko’rsatish ruxsat etilgan peregon va uchastkalarni belgilash bilan bir vaqtning o’zida DATK boshqaruvi raisi tomonidan ushbu jarayonni amalga oshirishda xodimlarning (poezd dispetcherlari, poezd lokomotivlarining mashinistlari, stansiya navbatchilari va h.z.) bajaradigan ishlari ham tayin etilishi lozim. 209. Peregonda ajrab ketgan yuk poezdi qismlarini birlashtirishda ushbu Yo’riqnomaning 197-bandida ko’zda tutilgan holatlarda faqat uzilish ro’y bergan tarkib mashinistining iltimosiga ko’ra yordam ko’rsatiladi. Yordam yakka lokomotiv tomonidan yoki uzilib ketgan poezddan keyin borayotgan yuk poezdi tomonidan lokomotivini ajratmasdan turib ko’rsatilishi mumkin. Bunday holatlarda yordam ko’rsatish to’g’risidagi dispetcherning buyrug’i quyidagi shaklda uzatiladi: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling