"№____poezd lokomotivi mashinisti. Oldinda to’xtab qolgan №_____ poezdning
ajralib ketgan oxirgi vagonlariga ulaning va ushbu vagonlarni tarkibning bosh qismi
bilan ulanishiga yordam ko’rsating. DNS ______".
Yordam yakka lokomotiv tomonidan yoki orqadan kelayotgan poezdning lokomotivini
ajratmasdan ko’rsatilishidan qat’iy nazar, yordam ko’rsatayotgan lokomotiv poezdni ajrab
qolgan qismining so’nggi vagoni bilan birikishi shart. Keyingi harakatlar ushbu
Yo’riqnomaning 196-bandida belgilangan talablarni bajarganidan so’ng birinchi lokomotiv
mashinistining ko’rsatmalariga binoan amalga oshiriladi. Bunda ajrab ketgan vagonlar
orasidagi masofa, tarkibning bosh va ajrab qolgan qismidagi vagonlar soni, yo’l profili va
hakazolarga bog’liq ravishda birikish birinchi poezdnig bosh qismini surib kelish yoki uzilib
qolgan vagonlarni birinchi poezdning bosh qismi bilan qo’shilguncha surib borish yo’li bilan
amalga oshiriladi. Ajratilgan qismlar qo’shilganidan so’ng ikkinchi poezd mashinistining
yordamchisi lokomotivni ortdagi vagondan ajratadi va ikkala poezd avtoblokirovka
signallariga amal qilib harakatini mustaqil davom ettiradi.
210. Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda yakka lokomotiv yoki maxsus o’zi
yurar harakat tarkibi to’xtab qolib, mustaqil harakatlanishiga imkoni bo’lmasa, ularni orqadan
kelayotgan poezd, lokomotivini ajratmasdan turib, eng yaqin stansiyagacha surib borish usuli
bilan peregondan olishi mumkin. Bu ham poezd dispetcherining ikkala lokomotiv
mashinistiga va oldindagi stansiya navbatchisiga beradigan buyrug’iga asosan amalga
oshiriladi. Bunday holatda to’xtab qolgan lokomotiv (maxsus o’zi yurar harakat tarkibi)
orqadan kelayotgan poezd lokomotivi bilan ulanadi. Eng yaqin stansiyagacha keyingi
harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim.
Uchastkalarda bunday tartibni qo’llash imkoniyati yo’lning plani va profilidan kelib
chiqib DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
211. Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda harakatlangan yuk poezdi qiya
ko’tarilishda to’xtab qolgan bo’lsa va harakatni davom ettirish uchun uni yo’lning yengilroq
profili (qiyaligi pastroq qismi)ga surib to’xtatish zarur bo’lsa, ushbu harakat faqat yo’lning
poezd ortidan stansiyagacha bo’lgan uchastkasi poezdlardan bo’sh bo’lgan taqdirda, poezd
dispetcherining lokomotiv mashinisti va orqadagi stansiya navbatchisiga beradigan qayd
etiluvchi buyrug’i aeosida amalga oshirilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |