"Peregonda ajrab qolgan vagonlarning turgan joyi ma'lum emas".
Bunday ogohlantirish olgan yordam ko’rsatuvchi lokomotiv mashinisti peregonda o’ta
ehtiyotkorlik bilan va to’siq uchrasa darhol to’xtashga tayyor holda harakatlanishi kerak.
POEZDNI PEREGONDAN JO’NATILGAN STANSIYAGA QAYTISHI
201. Peregonda to’xtab qolgan poezdning oldinga qarab harakatlanish imkoniyati
bo’lmasa va uni jo’natilgan stansiyaga qaytishi zarur bo’lsa, mashinist shaxsan, bosh
konduktor yoki lokomotiv brigadasi xodimi orqali bu to’g’rida (yozma, telefon yoki radio
aloqa orqali) stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga xabar qilishi lozim.
Bunday xabarni olgandan so’ng poezd dispetcheri peregonni (peregonning tegishli
yo’lini) yopadi va poezdni jo’natilgan stansiyaga qaytish tartibini belgilaydi.
202. Odatda, poezd peregondan yordamchi lokomotiv bilan qaytishi kerak.
Favqulodda holatlarda to’xtab qolgan poezd (yo’lovchi poezdidan tashqari)
stansiyaning kirish signaligacha yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha tisarilishi
mumkin. Bunday tisarilish poezd dispetcherining buyrug’i bilan peregon (yoki yo’l) barcha
poezdlar harakati uchun yopilib, to’xtab qolgan poezd mashinistiga stansiya navbatchisining
quyidagi shakldagi qayd etiluvchi buyrug’i uzatilgandan so’ng amalga oshiriladi:
"______ peregon (peregonning yo’li) barcha poezdlar harakati uchun yopiq.
№_____ poezdni kirish signaligacha (yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha)
tisarishga ruxsat etiladi. DSP _______________ (stansiyaning nomi va imzo)".
Radio aloqa yoki telefon aloqasi bo’lmagan hollarda poezd, peregon poezd
dispetcherining buyrug’iga ko’ra yopilgandan so’ng, to’xtab qolgan poezd mashinistiga
diagonali bo’ylab qizil tasmali oq rangli blankadagi ruxsatnoma (tashuvchi orqali) taqdim
etilgandan so’ng to’xtatiladi.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonlarda poezdni to’xtatish mumkinligi
xaqidagi buyruq yoki diagonali bo’ylab qizil tasmali oq blankadagi ruxsatnoma to’xtab
qolgan poezdning mashinistiga, yo’lning to’xtab qolgan poezd bilan kirish signaligacha (yoki
"Stansiya chegarasi" signal belgisigacha) bo’lgan uchastkasi boshqa poezdlardan bo’sh
bo’lsagina uzatilishi mumkin.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda jo’nab ketgan poezd birinchi blok-
uchastkani bo’shatmasdan to’xtab qolgan bo’lsa, poezd stansiya navbatchisining quyidagi
ruxsatnomasiga binoan kirish signaligacha yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha
peregonni yopmasdan tisarilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |