Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Kon’yak. Konyak spirtining qancha muddat saqlanganligi va sifatiga qarab
konyaklar oddiy, markali, kolleksion turlariga bo‘linadi. Oddiy konyaklar 3 yildan 5 yilgacha saqlab turilgan konyak spirtlaridan ishlab chiqariladi. Konyak spirtining saqlab turilganlik muddati yulduzchalar bilan butilkalarga yopishtirilgan yorliqlarda ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, 3ta yulduzcha konyak spirtining 3 yil, 5ta yuldazcha esa 5 yil saqlanganligini bildiradi. Oddiy konyaklar tarkibida spirt miqdori 40-42% ni, qand miqdori esa 1,5% ni tashkil etadi. Markali konyaklar 6 yildan ziyod saqlab turilgan konyak spirtlaridan tayyorlanadi. Ularning ta’mi va xushbo‘yligi oddiy konyaklarnigiga nisbatan bir muncha muloyim va yoqimli bo‘ladi. Markali konyaklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: KV (konyak viderjanniy) guruhi - 6-7 yil saqlangan; KVVK (konyak viderjanniy visokogo kachestva) guruhi - 8-10 saqlangan; KS (konyak stariy) guruhi - 10 yil va undan ziyod saqlangan konyak spirtlaridan tayyorlanadi. Kolleksion konyaklar yuqori sifatli markali konyaklarni yana eman bochkalarida qo‘shimcha 3 yil saqlash natijasida olinadi. Konyaklar tashqi ko‘rinishidan och-tillo rangdan to och-qo‘ng‘ir ranggacha bo‘lgan tiniq suyuqlikdir. Ularning hidi xushbo‘y, ta’mi yoqimli o‘ziga xos, begona hid va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Ordinar konyaklarida spirt miqdori 40- www.sies.uz Page 146 of 306 147 42% ni, markali konyaklarda esa 40-57% ni tashkil etadi. Loyqa, cho‘kmasi bor, begona hid va ta’mga ega bo‘lgan konyaklar sotuvga ruxsat etilmasligi kerak. Konyaklarning sifatini organoleptik usul bilan tekshirganda 10 ballik sistemadan foydalanish mumkin. Bunda rangiga 0,5 ball, tiniqligiga 0,5, ta’miga 5, xushbo‘yligiga 3 va shu konyak turiga mosligiga 1 ball ajratiladi. Agar ordinar konyaklari 7 balldan, markali konyaklar esa 8 balldan kam baho olsa, bunday konyaklar standart talabiga javob bermagan konyaklar deb topiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling