Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
10-jadval
www.sies.uz Page 142 of 306 143 Ko‘rsatkichlari Ekstra Yuqori darajada tozalangan 1-nav Quvvati, hajmiy foizlarda, kam bo‘lmasligi kerak 96,5 96,2 96 Sulfat kislota asosida tozalagiga proba javob beradi 20 0 S da oksidlanishiga proba, kam bo‘lmasligi kerak 20 15 10 1 l suvsiz sirt tarkibida izoamil va izobutil spirtlarining aralashmasi (3:1) hisoblaganda sivush moylarining miqdori, mg, ko‘p bo‘lmasligi kerak 3 4 15 1 litr suvsiz spirt tarkibida sirka aldegidiga hisoblaganda aldegidlar miqdori, mg, ko‘p bo‘lmasligi kerak 2 4 10 Metil spirtiga fuksinsulfat kislota bilan proba javob beradi 1 l suvsiz spirt tarkibida erkin kislotalar (SO 2 ni hisoblamasdan),mg, ko‘p bo‘lmasligi kerak 12 15 20 Furfurol miqdori yo‘l qo‘yilmaydi Aroq va liker-aroq muhsulotlarining sifat ekspertizasi. Aroq bu toza etil spirtini yumshatilgan suv bilan aralashtirib va bu aralashmani aktivlashtirilgan ko‘mir bilan ishlab maxsus filtrlarda o‘tkazilib olingan mahsulotlar hisoblanadi. Ba’zi bir tur aroqlar ishlab chiqarishda uning ta’mini yumshatish uchun natriy karbonat, sirka kislotasining natriy tuzi va 0,2 % miqdorida qand qo‘shilishi mumkin. Aroqlarning sifat ekspertizasini o‘tkazish ularning organoleptik va fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tegishli davlat standartlari talabi asosida olib boriladi. Quyidagi 11-jadvalda aroqlarning organoleptik ko‘rsatkichlari qanday tavsiflanishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar keltirildi. Aroqlarning sifatini aniqlash degustatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Degustatsiya o‘tkazish tartibi quyidagicha. Tekshirilayotgan aroq maxsus degustatsiya bakaliga 1/3 hajmigacha (40-50 sm 3 ) quyiladi. So‘ngra bakal oyoqchasidan ushlanib yonboshlatiladi va taralib tushilayotgan quyosh nurida qaraladi. So‘ngra bokal ichidagi suyuqlik diqqat bilan kuzatilib, uning tiniqligi va rangi baholanadi. Vodkaning tiniqligi va rangida mavjud bo‘lgan chetlanishlar darajasin aniqlash uchun probirkaga 10 sm 3 vodka olinib shunday miqdordagi distillangan suv bilan taqqoslanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling