Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
-BO‘LIM. LAZZATLI MAHSULOTLARNING EKSPERTIZASI
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
4-BO‘LIM. LAZZATLI MAHSULOTLARNING EKSPERTIZASI
Lazzatli mahsulotlarga insonning ovqat hazm qilish va asab sistemasiga ta’sir ko‘rsatuvchi oziq-ovqat tovarlari guruhi kiradi. Lazzat beruvchi moddalarga esa etil spirti, organik kislotalar, alkoloidlar, efir moylari, mineral va organik tuzlar kiradi. Lazzatli mahsulotlar insonning ovqat hazm qilish sistemasiga ta’sir ko‘rsatganligi uchun ham ishtahani ochadi va ovqatning hazm bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu guruhga kiruvchi ziravorlar va dorivorlar esa tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlarning kam bo‘lganligi uchun deyarlik energiya manbai hisoblanmasada, ularning tarkibida bo‘ladigan efir moylari, glikozidlar, organik kislotalar ovqat xazm bo‘lishi jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatadi. Savdo amaliyotida lazzatli tovarlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: choy, qahva, ziravorlar, alkogolli ichimliklar, kuchsiz alkogolli ichimliklar, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari. Quyida ana shu guruhga kiruvchi oziq-ovqat tovarlarining sifat ekspertizasini o‘tkazish va ularning sifatiga talablar bo‘yicha ma’lumotlarni keltiramiz. Kuchli spirtli ichimliklarini tavsifi va sifat ekspertizasi Etil spirtining sifat ekspertizasi.Rektifikatsiya qilingan etil spirti uch navda chiqariladi: ekstra, yuqori darajada tozalangan va 1-chi nav. Ekstra etil spirti eng yuqori sifatli donlardan tayyorlanadi. Yuqori darajada tozalangan va 1-chi nav spirt esa don; kartoshka yoki kartoshka don aralashmasi; kartoshka, don, qand lavlagi aralashmasidan tayyorlanadi. Etil spirtining konsentratsiyasi (quvvati) hajm foizlarida yoki graduslarda (100 ml suyuqlik tarkibidagi etanolning ml lardagi miqdori), shuningdek og‘irlik bo‘yicha foizlarda (100g syuqlik tarkibidagi etanolning g lardagi miqdori) o‘lchanadi. Bunda 20 0 S da absolyut spirtning solishtirma og‘irligi 0,78924 ekanligi hisobga olinadi. Etil spirti fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. Bu talablar quyidagi 10-jadval ma’lumotlarida keltirildi. Spirt tarkibida uchraydigan uchuvchan begona aralashmalar inson organizmi uchun zararli hisoblanadi. Shu sababli ham spirt tarkibida ularning miqdori chegaralanadi. Ikkinchidan, bu birikmalar spirtga yomon hid beradi. Demak, spirt tarkibida bu birikmalar miqdori qancha kam bo‘lsa, ularning sifati shuncha yuqori hisoblanadi. Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha etil spirtining hamma navlari rangsiz, tiniq, begona aralashmalardan holi bo‘lishi kerak. Hidi va ta’mi qaysi xom ashyodan olinganligiga qarab o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling