Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Vino kasalliklari, nuqsonlari va ularni bartaraf etish yo‘llari


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Vino kasalliklari, nuqsonlari va ularni bartaraf etish yo‘llari 
Vino sifatining pasayishi asosan vinoda kasallik paydo bo‘lishi, 
kamchiliklari va nuqsonlari hisobiga ro‘y beradi. 
Vino kasalliklari – bu kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar ta’sirida vino 
tarkibida bo‘ladigan chuqur o‘zgarishlardir.Kasallikka chalingan vinolarning 
harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, bu kasallik sog‘lom vinolarga ham 
yuqadi. Shu sababli kasallikka chalingan vinolarni sog‘lom vinolardan tezda 
ajratish talab qilinadi. Kasal vinolar smaqlangan idishlar, jihozlar, xonalar 
dizenfeksiya qilinishi kerak. Vino kasalliklarini chaqiruvchi mikroorganizmlarin 
yo‘q qilishning asosiy usullaridan biri vinolarni pasterizatsiyalash va ularga SO
2
gazi bilan ishlov berish hisoblanadi.
Vino kasalliklarining oldini olishning birdan-bir usuli esa vinolarni 
tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyenik normalarga qat’iy rioya qilish 
hisoblanadi.
Vinodagi kasalliklar kislorodli va kislorodsiz sharoitlarda yaxshi 
rivojlanadigan mikroorganizmlar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Kislorodli sharoitda yaxshi rivojlanadigan mikroorganizmlar ta’sirida 
vujudga keladigan kasalliklarga vino sveli va sirka kislotali bijg‘ishlarni keltirish 
mumkin.
Vino sveli. Bu kasallik asosan oshxonabop vinolarga kislorod ta’sir etib 
turadigan sharoitda to‘ldirilmagan idishlarda saqlaganda vujudga keladi. Svelni 
chaqiruvchilari asosan maxsus drojlar hisoblanadi. Bu mikroorganizmlar 24-26
0

da vino yuzasida intensiv rivojlanadi. Bu drojlar 4
0
dan past va 32
0
S dan yuqori 
haroratlarda rivojlana olmaydi. Ular vinolar tarkibida spirt miqdori 12% dan yuqori 
bo‘lganda ham rivojlana olmaydi. Shu sabali bu kasallikka faqat oshxonabop 
vinolar chalinadi.
Svel bilan kasallangan vinolar avvaliga tiniqligini va rangini o‘zgartirmaydi. 
Lekin, bu kasallikning yanada rivojlanib borishi natijasida vino loyqalanib qoladi. 
Bunda etil spirti oxirgi mahsulotgacha parchalanadi:

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling