Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Viski. Viski ham kuchli spirtli ichimlik hisoblanib, uning tarkibida etil spirtining miqdori 45% ni tashkil etadi. Viski ichimligining boshqa spirtli ichimliklardan asosiy farqi shundaki, viski tayyorlash uchun foydalaniladigan spirt javdar, makkajo‘xori yoki arpa donlaridan olinadi. www.sies.uz Page 147 of 306 148 Viski ichimligining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, viski tayyorlashda qo‘llaniladigan spirt eman yog‘ochidan ishlanib, ichki tomoni kuydirilgan bochkalarda uzoq muddat yetiliriladi. Qaysi xom ashyodan sirt olinganligiga qarab viski javdar, makkajo‘hori va aralash donlardan ayyorlangan turlarga bo‘linadi. Viski tayyorlash texnologiyasi spirt tayyorlash texnologiyasiga juda yaqin turadi. Dondan tayyorlangan atalani maxsus drojlar ta’sirida bijg‘itganda etil spirti va viskining o‘ziga xos hidini ta’minlovchi turli xil aromatik moddalar hosil bo‘ladi. So‘ngra bijg‘igan ataladan spirt uzluksiz harakatlanuvchan jihozlarda haydab olinadi. Haydash natijasida rangsiz, o‘tkir hidli, tarkibida 65-70% etil spirti bo‘lgan distillyat hosil bo‘ladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda uchuvchan birikmalar mavjud bo‘ladi. So‘ngra xom spirtga distillangan suv qo‘shib etil spirti miqdori 50 % gacha keltiriladi. Keyin esa bu spirt hajmi 200 l bo‘lgan emaldan tayyorlangan, ichki tomoni kuydirilgan bochkalarga quyilib 4 yildan kam bo‘lmagan muddatda yetiltiriladi. Viskining yetilish jarayoni rom spirtining yetilish jarayoniga juda-juda o‘xshaydi. Natijada spirt eman yog‘ochini kuydirishda hosil bo‘lgan xilma-xil aromatik va ta’m beruvchi moddalar bilan boyib, o‘ziga xos hid va ta’mga ega bo‘ladi. So‘ngra spirtga distillangan suv, qand sharbati va koler qo‘shib spirt miqdori 45 % ga keltiriladi. Viski ochiq qo‘ng‘ir tusli rangga, o‘ziga xos xushbo‘ylikka va yoqimli achishtiradigan ta’mga ega ichimlikdir. Bu ichimlik Amerika Qo‘shma Shtatlari va Angliyada ko‘p tarqalgan ichimlik hisoblanadi. Viskini odatda gazlashtirilgan suv bilan suyultirib iste’mol qiladilar. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling