Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Rom. Bu ichimlik rom spirtidan tayyorlanib, kuchli spirtli ichimliklar 
qatoriga kiradi. Rom spirti shakarqamish sharbatini va shakarqamishdan shakar 
olgandan keyin qoladigan masalarni bijg‘itish yo‘li bilan olinadi. 
Rom ishlab chiqarishda tarkibida quruq moddasi 14-16 %, shundan 10-12 % 
qand bo‘lgan atala (susla) ishlatiladi. Ana shu atala dastlab maxsus drojlar 
yordamida bijg‘itiladi. Bijg‘ish natijasida spirtdan tashqari ma’lum miqdorda 
uchuvchan organik kislotalar, murakkab efirlar, aldegidlar, yuqori molekulali 
spirtlar hosil bo‘ladi. Ana shu birikmalar romga o‘ziga xos intensiv hid beradi. 
Bijg‘ish jarayoni kuzatilib atala tarkibida 5-6 % miqdorida qand qolganda unga 
moy kislotasi bakteriyalarining toza tomizg‘isi qo‘shiladi. Buning natijasida rom 
hidini beradigan moy-etil efirlari va moy kislotalari hosil bo‘ladi. 
Atalaning ana shunday bijg‘ishi natijasida unda 4,8-5,2 % miqdorida etil 
spirti, qand bo‘lmagan moddalar va uchuvchan birikmalar hosil bo‘ladi. Ana shu 
uchuvchan birikmalar qatoriga organik kislotalar (sirka, chumoli, propian, moy, 
kapron, kapril), aldegidlar (sirka, propil, butil, izobutil, izoamin) va bir necha xil 
efirlarni kiritish mumkin. So‘ngra ana shu bijg‘igan xom ashyodan haydash yo‘li 
bilan rom spirti olinadi. 
Rom spirti rangsiz tiniq suyuqlik bo‘lib, hidi aniq seziluvchan bo‘ladi. 
Uning tarkibida etil spirtining miqdori 60 % ni tashkil etadi. Ana shu spirtga 
distillangan suv qo‘shilib quvvatini 50 % ga keltiriladi va bu spirtni yangi emal 
bochkalarda 4-5 yil davomida tutib turiladi. Uzoq muddat tutib turish jarayonida 
emal yog‘ochidan spirtga oshlovchi, rang beruvchi va boshqa moddalar ekstraksiya 
bo‘lib o‘tadi. Ana shu jarayonni rom spirtining yetilishi deb yuritiladi. Bu jarayon 
juda murakkab hisoblanib, ana shu jarayonda bo‘ladigan o‘zgarishlar hisobiga rom 
spirtining o‘ziga xos ta’mi, xushbo‘y hidi va rangi shakllanadi. 
Yetilgan rom spirti distillangan suv, qand, sharbat, qora olg‘o‘ri morsi va 
murakkab efirlar eritmalari bilan aralashttiriladi, so‘ngra rom suzilib, butilkalarga 
quyiladi. 
Romlar kislota, efir, aldegidlar va yuqori molekulali spirtlarning umumiy 
miqdori bo‘yicha oddiy, o‘rtacha va yuqori efirli guruhlarga bo‘linadi. Yuqori 
efirli romlarda kislota, efir, aldegid va yuqori molkulali spirtlarning 100 g 
ayubsolyut spirtdagi miqdori 550-900 mg ni tashkil etadi. 
Rom spirtli ichimlik sifatida ishlatilibgina qolmasdan, qandolatchilikda, 
liker-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling