Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Kvaslarning sifat ekspertizasi


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Kvaslarning sifat ekspertizasi. 
Kvas 
qadimiy 
rus 
ichimligi 
hisoblanadi. Kvas hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ichimliklardan 
hisoblanadi. 
Kvaslar xom ashyosiga qarab non, meva-rezavor, asal kvaslariga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha non kvasi birinchi o‘rnini egallaydi. Kvas tarkibida 
0,4-0,6% spirti bo‘lgan chanqoqbosdi, tetiklantiruvchi, ba’zilari esa davolash 
xossalariga ega bo‘lgan ichimliklar qatoriga kiradi. Kvas tarkibida sut kislotasi, 
aminokislotalar, qand, makro- va mikroelementlar, shuningdek V guruhi 
vitaminlari bo‘ladi. 
Kvas ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida yuqori sifatli javdar, arpa, 
asal, qand, javdar noni, xmel, sut kislotasi, sitrus mevalari damlamasi, tuz, patoka, 
achitqilar, qand koleri, suv va boshqa xom ashyolar ishlatiladi. 
Non kvasi ishlab chiqarishda esa asosiy xom ashyo sifatida javdar uni, 
javdar noni, javdar solodi, qand va boshqalar ishlatiladi. 
Kvas olish uchun bu xom ashyolar 70-73
0
S haroratli issiq suvda ishlov 
berilib, ekstraksiya yo‘li bilan atala (susla) olinadi. Keyin esa hosil qilingan atalaga 
25% qand va toza sut kislotasi bakteriyalari va hamirturush achitqisi qo‘shib 
achitiladi. Achitish 22-26
0
S haroratda 8-12 soat davomida olib beriladi. So‘ngra 
kvas 10-12
0
S gacha sovutiladi, filtrlanadi, qand sharbati, koler, o‘tlar damlamasi 
qo‘shilib qadoqlash uchun jo‘natiladi. 
Kvaslarning non kvasi, issiq sexlar uchun non kvasi, Russkiy, Zdorove, 
Moskovskiy, Litovskiy, Aromatniy, Ostankinskiy kabi turlari mavjud. 
Kvaslarning ta’mi o‘ziga xos, yoqimli, nordon-shirinroq, hidi esa yangi 
yopilgan non hidini berishi va aniq sezilib turishi kerak. Kvaslarda begona ta’m va 
hidlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning rangi och-jigar rangdan to‘q-jigar 
www.sies.uz
Page 156 of 306 


157
ranggacha bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishidan kvaslar tiniq emas, ulardan non qoldiqlari 
va achitqi cho‘kindilari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Kvaslarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga spirt miqdori, nordonligi, 
karbonat angidrid gazi miqdori kabi ko‘rsatkichlari kiradi. Bu ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha ham kvaslar belgilangan me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi kerak. 
Sotuvga chiqarish uchun kvaslar ham pushti, qora-ko‘k shishalardan 
yasalgan 0,33, 0,5 l sig‘imli butilkalarga va avtotermotsisterna yoki yog‘och 
bochkalarga quyiladi. 
Kvaslarni toza, ozoda, yaxshi shamollatiladigan qorong‘i xonalarda 2-12
0

haroratda saqlash tavsiya etiladi. Kvaslarning saqlanish muddati 20
0
S da ularning 
turiga qarab 2 sutkadan 7 sutkagacha qilib belgilangan.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling