Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar. 
Gazlashtirilgan 
ichimliklar 
karbonat angidrid gazi bilan 0,3-0,6% miqdorida to‘yintirilishi bilan 
harakterlanadi. Bu ichimliklar asosan gazlangan ichimlik suviga meva-rezavor 
meva sharbatlari, ekstraktlar, siroplar, qand, morslar, uzum vinolari, xushbo‘y 
moddalar, kislotalar, bo‘yoq moddalari (koler) va boshqalar qo‘shib tayyorlanadi. 
Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar xom ashyosi va ishlab chiqarish 
texnologiyasiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: gazli suvlar, butilkali gazlashtirilgan 
ichimliklar va quruq holdagi ichimliklar. 
Gazli suvlar. Bu - ichimlik suvi bo‘lib, uning tarkibida karbonat angidirid 
gazining miqdori 0,4%ni tashkil etadi. 
Gazli suv olish uchun saturatorga bir vaqtining o‘zida 4
0
S haroratga ega 
bo‘lgan ichimlik suvi va bosim ostida ballondan karbonat angidrid gazi yuboriladi. 
Butilkali gazlashtirilgan ichimliklar. Bu ichimliklar qand siropi, meva-
rezavor meva sharbatlari, ekstraktlar, damlamalar, essensiyalarning suvli eritmasini 
karbonat angidrid gazi bilan to‘yintirish natijasida olinadigan ichimlikdir. Bu xil 
ichimliklarni ishlab chiqarish uchun hamma xom ashyolardan tayyorlangan kupaj 
siropi katta idishlarga solinib, sovuq ichimlik suvi bilan aralashtiriladi va karbonat 
angidrid gazi bilan to‘yintiriladi. Keyin ichimlik butilkalarga qadoqlanib, darhol 
germetik bekitiladi. 
Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar 5 guruhga bo‘linadi: tabiiy xom 
ashyodan tayyorlangan, sintetik essensiyali, tetiklantiruvchi, vitaminlashtirilgan va 
diabetik ichimliklar. 
Tabiiy xom ashyolardan (sharbatlar, ekstraktlar, siroplar, damlamalar) 
tayyorlangan ichimliklar tarkibida ko‘p miqdorda qand (10-12%) borligi bilan 
ajralib turadi. Bu xil ichimliklarning assortimenti xilma-xildir: Limonniy, 
Abrikosoviy, Slivoviy, Vishneviy, Granatoviy, Klubnichniy, Limonad, Malinoviy, 
Sitro va boshqalar. 
Sintetik essensiyali ichimliklar sintetik essensiyalarga qand, limon kislotasi, 
buyoqlar qo‘shib tayyorlanadi. Bularga Yablochniy, Apelsinoviy, Limonniy 
ichimliklari kiradi. Bu ichimliklarning yorliqlarida albatta “sintetik essensiyadan” 
tayyorlangan degan yozuv bo‘lishi kerak. 
Tetiklantiruvchi ichimliklar kishi asab sistemasiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir 
ko‘rsatadigan xom ashyolarning damlamasi, ekstraktlaridan olinadi. Bu ichimliklar 
ichilganda kishining charchog‘i ko‘tariladi va chanqog‘i bosiladi. 
So‘nggi yillarda bu ichimliklarning assortimenti tez sur’atlar bilan kengayib 
bormoqda. Shunday ichimliklar jumlasiga dunyo miqyosida keng tarqalgan “Kola” 
ichimliklarini kiritish mumkin. “Kola” seriyasidagi ichimliklar tarkibida kola 
yong‘og‘ining ekstrakti mavjud bo‘ladi. Kola yong‘og‘i kofein va teobrominga 
boy hisoblanadi. Bu ichimliklarning o‘ziga xos ta’mi va xushbo‘yligini 
ta’minlashda sitrus efir moylari ham muhim ahamiyatga egadir. 
Shuningdek, tetiklantiruvchi spirtsiz ichimliklar qatoriga Baykal, Sayani, 
Bodrost, Utro, Fanta, Kosmos kabi ichimliklarini ham kiritish mumkin. 
Vitaminlashtirilgan ichimliklar tarkibida ko‘p miqdorda askorbat kislotasi (S 
vitamini) borligi bilan ajralib turadi. Bu ichimliklarni olish uchun askorbat 
kislotasi yoki askorbat kislotasiga boy bo‘lgan xom ashyo damlamalari, sharbatlari 
www.sies.uz
Page 159 of 306 


160
ishlatiladi. Shunday xom ashyolar sifatida limon, apelsin, qora smorodina 
mevalaridan foydalaniladi. 
Diabetik ichimliklar tayyorlashda qand o‘rniga sorbit qo‘shiladi. Ularga 
xushbo‘ylik uchun aromatik essensiyalardan foydalaniladi. 
Quruq holdagi gazlashtirilgan ichimliklar. Bu xil ichimliklar 2 xil bo‘ladi: 
vijillaydigan va vijillamaydigan. 
Quruq vijillaydigan ichimliklar shakar, ovqatga ishlatiladigan kislotalar, 
essensiyalar, natriy karbonat va kolerning aralashmasidir. Ular sotishga talqon va 
tabletkalar holida chiqariladi. 
Quruq vijillamaydigan ichimliklar esa quritilib, maydalangan shakar, 
ekstraktlar, essensiyalar, ovqatga ishlatiladigan kislotalar va ozuqaviy bo‘yoq 
moddalarining aralashmasidir. Ular massasi 20 g bo‘lgan tabletkalar va kukun 
hollarida savdoga chiqariladi. Ichimlik olish uchun bitta tabletka 200 ml sovuq 
suvda eritiladi. Quruq vijillamaydigan ichimliklar qatoriga Yablochniy, Vishneviy, 
Klyukvenniy ichimliklarini kiritishi mumkin. 
Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklarning sifati organoleptik va fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Bu ichimliklar tiniq, cho‘kindisiz va quyqasiz 
bo‘lishi, aynan shu tur ichimlikka xos bo‘lishi kerak. Ta’mi va hidi yoqimli, ho‘l 
mevalar va rezavor mevalar ta’mi va hidiga mos bo‘lishi, begon ta’m va hidlarsiz 
bo‘lishi kerak. 
Bu ichimliklarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga esa tarkibidagi 
quruq modda miqdori, nordonligi, erigan karbonat angidirid gazining miqdori 
kabilar kiradi. 
Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar sig‘imi 0,33 va 0,5 l bo‘lgan butilkalarga 
qadoqlanadi va germetik bekitilgan holda sotuvga chiqariladi. 
Gazlashtirilgan ichimliklarning yorliqlarida standart bo‘yicha talab 
etiladigan hamma ko‘rsatkichlar, xususan tayyorlangan vaqti va saqlash muddati 
albatta ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu ichimliklarni 2
0
S dan 12
0
S gacha haroratda 7 
kungacha, diabetik ichimliklarni esa 15 kungacha gorizontal holatda saqlash 
tavsiya etiladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling