Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildiz ziravorlar
Barg ziravorlar
Barg ziravorlarga Dafna bargi (lavroviy list) kiradi. Bu ziravor Qrimda va Kavkazda o‘sadigan asl dafnaning quritilgan bargidan iborat. Dafna bargi soya joyda quritilgandan keyin yashilroq rangli, quruq bargining uzunligi kamida 3 sm bo‘lishi kerak. Dafna birgi tarkibida 3 % gacha efir moyi bo‘lib, uning 30 foizini pinenon va 16 % ga yaqini spirtlar tashkil etadi. Yaxshi quritilgan Dafna bargi yashil rangda bo‘lib, egib ko‘rganda sinib ketmaydi. Uning ta’mi sal achchiqroq, hidi – xushbo‘y, yoqimli. Namlik dafna bargida 12 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Zamburug‘ va hasharotlar bilan zararlangan, begona hidlarga ega bo‘lgan dafna barglarining sotishga ruxsat etilmaydi. Dafna bargining asosiy iste’molchilari konserva sanoati hisoblanadi. Shuningdek, undan umumiy ovqatlanish korxonalarida va uyda har xil ta’omlar tayyorlashda keng foydalaniladi. www.sies.uz Page 163 of 306 164 Ildiz ziravorlar Eng ko‘p qo‘llaniladigan ildiz ziravorlardan biri zanjabil (imbir) hisoblanadi. Zanjabil ko‘p yillik o‘simlikning quritilgan ildiz poyalaridan iborat. Zanjabil asosan Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Afrika va boshqa mamlakatlarda o‘sadi. Tayyorlab olish usuliga qarab oq zanjabil va qora zanjabil bo‘ladi. Oq zanjabil yuvilib tozalangan ildizpoyani havoda va quyosh nurida quritib olinadi. Qora zanjabil esa ildizpoyani avval suda qaynatib, so‘ngra quritish yo‘li bilan olinadi. Qaynatilganda ildizpoyadagi kraxmal kleystrlanadi va qora rang hosil qiladi. Zanjabil tarkibida 1-3 % miqdorida efir moyi bo‘ladi. Uning achchiq ta’mi tarkibida fenolsimon modda gingerol (S 17 N 26 O 4 ) borligi bilan izohlanadi. Zanjabil sotuvga ildizpoya bo‘lakchalari holida yoki yanchilgan tarzda chiqariladi. Yanchilgan zanjabil – bu o‘tkir zanjabil hidli, achchiq ta’mli, kulrang-sariq talqonsimon mahsulotdir. Efir moyining miqdori zanjabilda 1,5 % dan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. Mog‘or bosgan, qo‘lansa va boshqa begona hidlarga ega bo‘lgan zanjabil sotuvga chiqarilmasligi kerak. Chakana savdo tarmoqlariga zanjabil yanchilgan holda 10 g lik shisha probirkalarga, karton qutilarga qadoqlanib chiqariladi. Zanjabil unli qandolat mahsulotlari, liker-aroq mahsulotlari, kolbasalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Ba’zi mamlakatlarda zanjabildan pivoning ta’m va hid ko‘rsatkichlarini yaxshilashda ham foydalaniladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling