Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Natriy glyutamati. Natriy glyutamati glutamin kislotasining natriyli tuzi 
hisoblanadi. Toza natriy glyutamati oq rangli, kristal holidagi tolqonsimon 
mahsulot bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Eritmasi sho‘rroq ta’mli, hidsiz bo‘ladi. 
Ma’lumki, glutamin kislotasi yangi go‘sht, ho‘l sabzavotlar va boshqa buzilmagan 
oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 
Mahsulotlarni saqlash jarayonida glutamin kislotasining miqdori kamayib boradi, 
natijada oziq-ovqat mahsulotlarining ta’m ko‘rsatkichlari ham ma’lum darajada 
pasayadi. Shu sababli ularning tabiiy ta’mini saqlab turish uchun oziq-ovqat 
mahsulotlariga natriy glyutamati qo‘shish maqsadga muvofiqdir. 
Natriy glyutamati ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo qand lavlagini 
qayta ishlash sanoatining chiqindilari hisoblanadi. 
Natriy glyutamati qaynatilgan kolbasalar, konservalar, konsentratlar ishlab 
chiqarishda foydalaniladi. 
www.sies.uz
Page 167 of 306 


168
Natriy glyutamati gigroskopik mahsulot bo‘lganligi uchun germetik 
bekitiladigan idishlarda saqlash tavsiya etiladi. 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Sirka essensiyasi tarkibida sirka kislotasining miqdori necha foizni tashkil etadi? 
2. oshxona sirkasi tarkibida sirka kislotasining miqdori necha foizni tashkil etadi? 
3. Oshxona sirkasining organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
4. Osh tuziga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? 
5. Osh tuzi tarkibida xlorli natriyning miqdori necha foizni tashkil etadi? 
6. Osh tuziga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? 
7. Sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha Osh tuzi necha navga bo‘linadi? 
8. Osh tuzi nima maqsadlarda yodlanadi? 
9. Yodlangan tuzlarda yod miqdori qancha miqdorda bo‘lishi kerak? 
10. Natriy glyutamatning sifat ekspertizasi va ishlatilish sohasini tushuntirib 
bering. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling