Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Gul ziravorlar 
Gul ziravorlar ham oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Asosiy gul 
ziravor – bu za’faron (shafran) o‘simligining quritilgan gul tumshuqchalaridir. Bu 
o‘simlik ko‘p yillik hisoblanib Ozorboyjon davlatining Apsheron yarim oralida 
o‘stiriladi. U to‘q qizil rangli egiluvchan ingichka iplardan iborat. 
Za’faronning quritilgan tumshuqchalari tarkibida 0,6 % ga yaqin efir moyi 
bo‘ladi. Shu sababli ham za’faron xushbo‘ylik beruvchi modda sifatida ishlatiladi. 
Bundan tashqari za’faron tarkibida achchiq ta’m beruvchi glyukozid pikrokrotsin 
(S
16
N
26
O
7
) bo‘ladi. Bu glyukozid gidrolizlanganda glyukoza va safronal terpeni 
(S
10
N
14
O
4
) hosil bo‘ladi. Za’faronning hidi o‘tkir, o‘ziga xos, ta’mi esa yoqimli, sal 
achchiqroq bo‘ladi. 
Savdo tarmoqlariga zafaron shisha probirkalarga 1 g dan qadoqlangan holda 
chiqariladi. Za’faronni suvda hatto 1:1000000 nisbatda eritganda ham sariq rang 
hosil bo‘ladi. 
Zafaron asosan liker-aroq, non, unli qandolat mahsulotlari va pishloqlar 
ishlab chiqarishda rang beruvchi xushbo‘y modda sifatida ishlatiladi. 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Meva-urug‘ ziravorlarning sifat ekspertizasini o‘tkazish qoidasi va qo‘llanilish 
sohasini tushuntirib bering. 
www.sies.uz
Page 164 of 306 


165
2. Zira tarkibida efir loyining miqdori necha foizni tashkil etadi? 
3. Muskat yong‘og‘ining kimyoviy tarkibini tushuntirib bering. 
4. Qalampirning achchiqligi nima bilan tushuntiriladi? 
5. Barg ziravorlarning sifat ekspertizasini o‘tkazish qoidasi va qo‘llanilish sohasini 
tushuntirib bering. 
6. Ildiz ziravorlarning sifat ekspertizasini o‘tkazish qoidasi va qo‘llanilish sohasini 
tushuntirib bering. 
7. Gul ziravorlar (za’faron) ning sifat ekspertizasini o‘tkazish qoidasi va 
qo‘llanilish sohasini tushuntirib bering. 
8. Za’faron tarkibida yoqimli achchiq ta’m beruvchi qaysi moda hisoblanadi? 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling