Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Nonlarda uchraydigan kasalliklar va nuqsonlar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Nonlarda uchraydigan kasalliklar va nuqsonlar Ma’lumki, non tarkibida ko‘p miqdorda suv va boshqa moddalar borligi tufayli mikroorganizmlar ta’sirida ba’zi bir kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Nonda uchraydigan asosiy kasallik kartoshka kasalligi va mog‘orlanish hisoblanadi. Kartoshka kasalligi. Bu kasallikni asosan kartoshka tayoqchalari bakteriyasi keltirib chiqaradi. Bu bakteriyaning tayoqchalari u yoki bu miqdorda havoda, unda va boshqa xom ashyolarda bo‘lishi mumkin. Nonni pishirganda bu bakteriyalarning sporalari o‘lmasdan qolsa, qulay sharoit yaratilgan paytda rivojlanib kasallikni vujudga keltiradi. Bu kasallik bilan kasallangan nonlarning mag‘zida yopishqoq, shilimshiq suyuqlik paydo bo‘lib, nonga yoqimsiz ta’m va hid beradi. Nonlarning nordonligi bu kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori nordonlikka ega bo‘lgan nonlar bu kasallikka chalinmaydi. Masalan, 12 0 nordonlikka ega bo‘lgan javdar nonlarida bu kasallik uchramaydi. Faqat bu kasallik bug‘doy nonlarida uchraydi. Kartoshka tayoqchalarining rivojlanishi uchun qulay sharoit 35-40 0 S harorat hisoblanadi. Shu sababli ham nonda bu kasallik ko‘proq yoz paytida uchrab turadi. Bu kasallik bilan kasallangan nonlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Mog‘orlanish. Bu kasallik ham nonlarda tez-tez uchrab turadi. Mog‘orlanishni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning kartoshka kasalligining ko‘zg‘atuvchilaridan farqi shuki, mog‘orlarning sporalari non pishirishda batamom o‘ladi. Shu sababli bu kasallik nonda ularni saqlash jarayonida nonlarda paydo bo‘ladigan mikroorganizmlar ta’sirida vujudga keladi. Mog‘or bakteriyalari bilan kasallangan nonlarning yuza qismda har xil dog‘lar paydo bo‘ladi. Silliq non qobiqlari ma’lum darajada nonni mog‘orlanishdan saqlaydi. Non yuzasida yoriqlarning paydo bo‘lishi esa mog‘orlanish jarayonini tezlatadi. Nonning mog‘orlanishiga ta’sir qiladigan asosiy omil bu xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va sanitariya-gigiyena holati hisoblanadi. Savdo tarmoqlarida non www.sies.uz Page 30 of 306 31 saqlanayotgan joylarda yuqori sanitariya holatini, tozalikni ta’minlash nonlarni mog‘orlanishdan saqlaydi. Nonlarda uchraydigan nuqsonlar. Nonlarda uchraydigan nuqsonlarga asosiy va qo‘shimcha xom ashyolarning to‘liq standart talablariga javob bermasligi va non ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning buzilishi natijasida mag‘zida, hidi va ta’mida paydo bo‘ladigan nuqsonlarni kiritish mumkin. Tashqi ko‘rinishda uchraydigan nuqsonlar. Nonlarning tashqi ko‘rinishida uchraydigan nuqsonlarga non shaklining buzilishi, non qobig‘i yuzasining oqarib pishmaganligi, ortiqcha qo‘ng‘ir-qora rang hosil bo‘lishi, non sirtida katta yoriqlarning paydo bo‘lishi, non mag‘zidan qobig‘ining ajralib qolishi, nonda standartda ko‘rsatilgan qalinroq qobig‘ining hosil bo‘lishi va hokazolarni kiritish mumkin. Nonning mag‘zida uchraydigan nuqsonlar. Nonning mag‘zida uchraydigan nuqsonlarga non mag‘zida aralashmay qolgan unlarning bo‘lishi, begona aralashmalarning bo‘lishi, pishmay qolgan hamirlarning bo‘lishi, g‘ovakliklarning bir xil tarqalmaganligi, non mag‘zining keragidan ortiqcha qorayib qolishi va hokazolarni kiritish mumkin. Bu nuqsonlar ham non ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyolarda bo‘ladigan nuqsonlar tufayli va texnologik jarayonning buzilishi natijasida vujudga keladi. Ta’mi va hidida bo‘ladigan nuqsonlar. Nonlarning ta’mi va hidida bo‘ladigan nuqsonlarga nonni chaynaganda non mag‘zining g‘ijirlashi (xrust), achchiq ta’mning bo‘lishi, tuz miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi, nordon ta’m va hidlar va boshqa begona ta’m va hidlarning bo‘lishi kiradi. Bu nuqsonlar asosan sifati talabga javob bermaydigan xom ashyolar ishlatish natijasida vujudga keladi. Masalan, nonni chaynaganda non mag‘zining g‘ijirlashi hamir tayyorlash uchun ishlatilgan un tarkibida begona mineral aralashmalari, qumlar borligidan dalolat beradi. Nonda achchiq ta’m paydo bo‘lishiga sabab esa don tarkibida unga achchiq ta’m beruvchi begona o‘tlarning urug‘larining normadan yuqori bo‘lishidadir. Umuman non pishirishda yuqorida keltirilgan nuqsonlarning bo‘lmasligiga harakat qilish zarur. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling