Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Qand mahsulotlarini o‘rash, joylash, saqlash va tashish qoidalari


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Qand mahsulotlarini o‘rash, joylash, saqlash va tashish qoidalari 
Qand mahsulotlarini saqlash, tashish paytida tashqi muhitdan yaxshi himoya 
qilinsa, ular o‘zlarining dastlabki xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. 
Shakar 50 kg sig‘imga ega bo‘lgan yangi va ishlatilgan I va II toifa qoplarga 
yoki 25, 30 va 40 kg sig‘imli qog‘oz qoplarga joylanadi. Qand solinadigan qoplar 
zig‘ir, kunjut, kanop tolalari aralashmasidan to‘qiladi. Qoplar toza, quruq, va 
begona hidsiz bo‘lish kerak. Shakarlarni avtomobil vositalari bilan tashiganda 
ularni 40 kg sig‘imli 5-6 qavatli qog‘oz xaltalarga joylashga ham ruxsat etiladi. 
Chaqmoqlangan qand-rafinadlarni uzoqlarga tashilganda sof massasi 50; 70 
va 80 kg qilib ikki qavat zig‘ir-kunjut yoki kunjut-kanop qoplarga joylanadi. Savdo
tarmoqlariga qand-rafinadlar 0,5-1,0 kg karton qutilarga yoki ikki qavatli qog‘oz 
pachkalarga joylanadi. Bu quti va pachkalar faner va taxtadan yasalgan sig‘imi 30-
35 kg bo‘lgan yashiklarda savdo shaxobchalariga jo‘natiladi. Tozalangan shakar 
ham savdo shaxobchalariga 0,5-1,0 kg sig‘imli qog‘oz yoki polietilen paketlarga 
qadoqlanib chiqariladi. 
Shakar va qand-rafinad solingan qoplarga yorliqlar tikiladi, yashiklarga esa 
tovar yorliqlari yopishtirilib markalanadi. Markalarda quyidagilar ko‘rsatilishi 
kerak: shakar va qand-rafinad ishlab chiqargan zavodning qaysi tarmoqqa tegishli 
ekanligi, tayyorlovchi zavodning nomi, mahsulot xili, massasi, qopning toyifasi va 
standart nomeri. 
www.sies.uz
Page 101 of 306 


102
Saqlash jarayonida bo‘ladigan o‘zgarishlar ko‘p hollarda qandning 
kimyoviy tarkibiga va tozaligiga bog‘liqdir. Masalan, saharoza tashqi muhitga va 
haroratning o‘zgarishiga juda chidamli, hatto havoning nisbiy namligi 90 foiz va 
undan baland bo‘lganda ham toza saharoza namlanmaydi. Lekin, saharozaning 
suvda eruvchanligi juda yuqori bo‘lganligi uchun yuqori havo namligida saqlash 
tavsiya etilmaydi. Shuning uchun ham shakar va qand-rafinadlarning namligini 
tortish qobiliyati ko‘p jihatdan ular tarkibidagi saharozaning miqdoriga bog‘liqdir. 
Harorat bir xil (20
0
S) bo‘lganda shakarning nam tortmasdan yaxshi saqlanishi 
uchun havoning nisbiy namligi 70 foizdan, qand-rafinand uchun esa bu ko‘rsatkich 
85 foizdan oshmasligi kerak. Qand-rafinadda shakarga nisbatan saharozaning 
ko‘pligi va uning tozaligi havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lganda ham uning 
namlanmasdan saqlanishini ta’minlaydi.
Shakarning nam tortib qolishi, ya’ni ularda erkin suvning ko‘payishi shakar 
kristallarining yopishqoq bo‘lishiga, ularning sochiluvchanligi, yaltiroqligining 
yo‘qolishiga 
sabab 
bo‘ladi. 
Qand-rafinadlarning 
nam 
tortishi 
mikroorganizmlarning rivojlanishini ta’minlab, qandning buzilishiga, ishqorlikning 
kamayishiga, saharozaning inversiyaga uchrashiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar 
shakar va qand-rafinad sifatining keskin pasayishiga sabab bo‘ladi, hamda ularni 
bundan keyin saqlash va iste’mol qilish mumkin bo‘lmay qoladi. 
Bundan tashqari qand va shakar mahsulotlari havodagi begona hidlarni 
o‘ziga singdirib olish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ularni hid tarqatadigan 
mahsulotlar bilan (masalan, dudlangan baliqlar) saqlash ruxsat etilmaydi. 
Qoplarga solingan shakar mahsulotlari omborlarda 15-20 qator qilib, 
presslangan quyma qand xususiyatli oq qand 7 qatorgacha, presslangan va qo‘yma 
qandlar 6 qatorgacha taxlanib saqlanadi. Bundan baland holda taxlansa pastki 
qoplardagi shakarlar bosilib zichlashib qoladi, qandlar esa ma’lum darajada 
uqalanib maydalanishi mumkin. 
Hozirgi kunda shakarlar qoplarga solinmasdan silindr shaklidagi temir beton 
minoralarda ham saqlanishi mumkin. Bunday usulda saqlanganda ketadigan harajat 
ozroq kam bo‘lsada, biroq shakarning sifatini tekshirish qiyinlashadi. 
Qand va shakar mahsulotlarini saqlash muddatini oshirish uchun ularni har 
oyda nazorat qilib, sifatini tekshirib turish va omborlarda aniq harorat hamda 
nisbiy namlikni ushlab turish tavsiya etiladi. Bu talablarga rioya qilinsa 
mahsulotlar namligining o‘zgarishini to‘xtatish mumkin. 
Shakarlarning saqlash muddatlari 26907-86 nomerli Davlat standartlarida 
isitiladigan omborlarda 8 oygacha, isitilmaydigan omborlarda esa 1,5 oydan 4 
oygacha, qandlar uchun - isitiladigan omborlarda esa 5 oygacha qilib belgilanadi. 
Qand va shakar mahsulotlari sanitariya qoidalariga javob beradigan turli xil 
transport vositalari yordamida tashilishi mumkin. Tashish paytida bu 
mahsulotlarning namlanib yoki qurib, hamda zichlashib yaxlit massa hosil bo‘lib 
qolishiga yul qo‘ymaslik kerak.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling