Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
www.sies.uz
Page 102 of 306 


103
1. Shakarning sifatini baholashda qo‘llaniladigan organoleptik ko‘rsatkichlarini 
tushuntiring. 
2. Shakarda saharoza miqdori necha foizni tashkil etadi? 
3. Shakarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga qaysi ko‘rsatkichlari kiradi? 
4. Qand-rafinadning sifatini baholashda qo‘llaniladigan organoleptik 
ko‘rsatkichlarini tushuntiring. 
5. Qand-rafinadning tarkibida saharoza miqdori necha foizni tashkil etadi? 
6. Qand-rafinadning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga qaysi ko‘rsatkichlari 
kiradi? 
7. Shakar va qand-rafinadda uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntiring. 
8. Shakar va qand-rafinadni saqlash jarayonida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi va 
ular mahsulot sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
 
Asallarning sifat ekspertizasi 
 
Asal asalarilarning o‘simliklar va gullarning shirin–sharbatini to‘plashidan 
va qayta ishlashidan hosil bo‘ladigan tabiiy shirin mahsulot hisoblanadi. Hozirgi 
kunda 
asalarichilik 
qishloq 
xo‘jaligining 
muhim 
tarmog‘i 
sifatida 
respublikamizning ko‘pgina davlat va xo‘jaliklarida katta daromad manbayi bo‘lib 
hizmat qilmoqda.
Asallarning kimyoviy tarkibi va ozuqalik qiymati juda xilma-xil bo‘lib, ular 
ko‘p hollarda iqlim sharoitlariga, yil fasliga, sharbat yig‘ilgan o‘simlik turiga va 
boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi kunda asallar tarkibida 300 ga yaqin modlar 
borligi aniqlangan. Shulardan 100 ga yaqini har qanday asal tarkibida uchraydi. 
Asalning asosiy tarkibiy qismini qand moddalari tashkil qiladi, ya’ni ularning 
miqdori asalda 80 % gacha bo‘lishi mumkin. 
Tabiiy asallar botanik kelib chiqishi bo‘yicha gul, pad va aralash asal 
turlariga bo‘linadi. 
Gul asali aslarilar tomonidan gullarning shirinliklarini (nektar) yig‘ishi va 
qayta ishlashi natijasida olinadi. Gul asallari o‘z navbatida asosan bir o‘simlik guli 
shirasidan olingan (monofler) va ko‘p o‘simlik shirasidan olingan (polifler) 
asallarga bo‘linadi. 
Pad asalini gul shiralari bo‘lmagan paytlarda asalarilar daraxtlar tanasidan 
ajralib chiqadigan va o‘simlik barglari ustida bo‘ladigan shiralardan to‘playdi. Bu 
asallarning ozuqaviy va bilogik qiymati gul asallarinikiga nisbatan juda past 
bo‘ladi. Pad asali och yoki to‘q qahrabo rangda bo‘lib, yoqimsiz achchiq yoki 
nordonroq ta’mga ega bo‘ladi. 
Shuningdek, tabiiy bo‘lmagan asallar ham mavjud. Bu asallarga qand asali, 
sun’iy vitaminlashtirilgan va sun’iy asallar kiradi. Qand asalini asalarilar qand 
sharbatidan tayyorlaydi. Vitaminlashtirilgan asalni asalarilar qand sharbatiga 
vitminga boy tabiiy sharbatlar qo‘shilgan sharbatdan ishlab chiqaradi. Sun’iy asal 
esa qand sharbatiga organik kislotalar (sut, limon, vino kislotalari) va xushbuy 
essensiyalar qo‘shib, qaynatib, quyultirish natijasida tayyorlanadi. Albatta, bu 
asallarning shifobaxshlik xususiyatlari tabiiy asallarnikidan juda ham past bo‘ladi. 
www.sies.uz
Page 103 of 306 


104
Shu sababli asallar ekspertizasi asosida ularning tabiiy yoki tabiiy asal emasligini 
aniqlash juda katta amliy ahamiyat kasb etadi. 
Asallar ekspertizasining tovar, veterinariya-sanitariya va gigiyenik 
ekspertizasi kabi turlari mavjud. Quyida bu ekspertiza turlariga qisqacha tavsif 
beramiz. 
Tovar ekspertizasi. Asallarda tovar ekspertizasi tekshirilayotgan asalning 
tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi yoki bermasligini aniqlash 
maqsadida o‘tkaziladi. 
Tovar ekspertizasini o‘tkazishda asosan asallarning organoleptik va fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Tabiiy asallar bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
19792-87 nomerli Davlat standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart tlabi 
bo‘yicha gul va pad asallarining organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 2-
jadval ma’lumotlarida keltirildi.
Bu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, asal tarkibidagi asosiy modda 
qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand moddalari ekan. Ana shu qand 
moddasining miqdoriga qarab asal sifati to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Yana 
shuni ham qayd etish lozimki, tabiiy asallar tarkibida ko‘pi bilan 6 foizgacha 
saharoza qandi bo‘lishi kerak. Bu ko‘rsatkichning me’yoridan yuqori bo‘lishi 
asalning soxta, ya’ni qalbakilashtirilgan asal ekanligidan dalolat beradi. Buning 
boisi shundaki, asalni qalbakilashtirishda asosan shakardan foydalaniladi. Shakar 
asosan deyarli butunlay saharoza qandidan tashkil topgandir. Albatta, asalga shakar 
sharbati qo‘shilishi uning tarkibida saharoza miqdorining ortib ketishini keltirib 
chiqaradi. Shu sababli ko‘pchilik hollarda asalning tabiiyligini aniqlashda saharoza 
miqdoriga e’tibori beriladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling