Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakarning sifat ekspertizasi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Kraxmallarning sifatini organoleptik ko‘rsatkichlari asosida baholashni tushuntirib bering. 2. Kartoshka kraxmali sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nechta tovar naviga bo‘linadi? 3. Standart talabi bo‘yicha kraxmalda aniqlanadigan asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarni aytib bering. 4. Kartoshka kraxmalining namligi necha foizdan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. 5. Makkajo‘xori kraxmalining namligi necha foizdan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. 6. Kraxmal turlarining naviga qarab nordonlik me’yorlarini tushuntirib bering. 7. Kraxmallarda 10 % li xlorid kislotasida erimaydigan kulning miqdori necha foizgacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi? 8. Kraxmalda qora nuqtachalar miqdori sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 9. Kraxmalda uchraydigan nuqsonlarni tushuntiring. 10. Kraxmal mahsulotlarining sifat ekspertizasi qanday o‘tkaziladi? Shakar va qandning sifat ekspertizasi Qand-tez xazm bo‘ladigan yuqori kaloriyali (100 g i 375 kkal energiya beradi) shirin mahsulotdir, insonning asab sistemasini mustahkamlaydi, organizmda energiya manbai hisoblanadi va gglikogen hosil bo‘lishi uchun asosiy xom ashyodir. Sog‘lom odam bir sutkada 60-80 g qand iste’mol qilish kerak. www.sies.uz Page 99 of 306 100 Organizmda ortiqcha qand moddasi hazm bo‘lmasdan yog‘ga aylanib, odamning semirishini keltirib chiqaradi. Shu sababli qand va shakarni ortiqcha iste’mol qilmaslik talab etiladi. Qand va shakar kimyoviy tarkibi bo‘yicha – bu butunlay saharoza (S 12 N 22 O 11 ) hisoblanadi. Qand asosan qand lavlagidan va shakarqamishdan olinadi. Qand asosan shakar va qand-rafinad holatlarida ishlab chiqariladi. Shakarning sifat ekspertizasi. Shakar organoleptik va tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 21-78 nomerli Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Shu standart talabi bo‘yicha shakarning rangi oq, rafinatsiya qilingani esa och havo rang qilib ishlab chiqariladi. Shakar kristalllarining o‘lchamlari bir xil, qirralari aniq ko‘rinib turadigan, yuzasi yaltiroq bo‘lishi kerak. Shakar va uning eritmasining mazasi shirin, begona ta’m va hidsiz bo‘lishi kerak. Unda yot mexanik aralashmalar, bir-biriga yopishgan va oqlanmagan qand bo‘lakchalarining bo‘lishligiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari shakar quruq, ushlab ko‘rilganda yopishmasligi, sochiluvchan, suvda to‘la erib, rangsiz, tiniq eritma hosil qila oladigan darajada bo‘lishi kerak. Agar shakar organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa, bunday shakarni sotishga chiqarish man etiladi. Shakar tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa quyidagi 1-jadvalda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi kerak. Qand-rafinadning tarkibi va sifat ko‘rsatkichlari. Qand-rafinadning sifat ko‘rsatkichlari 22-78 nomerli Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha sifatli qand-rafinadning rangi oq, toza, dog‘siz va begona aralashmalarsiz bo‘lishi kerak. Qand-rafinadning tarkibida saharozaning miqdori quruq modda hisobida 99,9 foizdan kam bo‘lmasligi shart. Demak, qand bo‘lmagan moddalarning miqdori qand-rafinadda shakardagiga nisbatan 2,5 marta kam bo‘lib, 0,1 foizdan oshmasligi lozim. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling