Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Pishloqlarni markalash, joylash, tashish va saqlash qoidalari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Pishloqlarni markalash, joylash, tashish va saqlash qoidalari Har bir
dona pishloq ustiga yuvilib ketmaydigan zararsiz buyoqda ishlab chiqarish markasi yozilib, unda foiz hisobida pishloq tarkibidagi yog‘, zavod nomeri, o‘lkaning, viloyatning qisqacha nomi ko‘rsatiladi. Pishloqning ishlab chiqarilgan kuni esa kazeindan yasalgan raqamlar bilan pishloq hamiriga presslab qo‘yiladi. Tarkibida 50 foiz yog‘i bor pishloqlarga kvadart shaklidagi, 45 foiz yog‘i bor pishloqlarga esa to‘g‘ri sakkiz burchak shaklidagi tamg‘a bosiladi. Ulgurji bazalar yoki xolodilniklardan chakana savdo tarmoqlariga jo‘natilayotganda pishloqlarga shtamp bilan bosilib ularning navi qo‘rsatiladi. Pishloqlar shakli, o‘lchamlari va massasiga qarab taxta yashiklarga, barabanlarga, namakopli pishloqlar esa bochkalarga joylanadi. Har bir idishga bir turdagi, bir navli, bir xil shaklga ega bo‘lgan va bir muddatda yetilgan pishloqlar joylanadi. Idishlar toza, mustahkam, yog‘ochdan qilingan idishlarda yog‘ochning namligi 20 % dan yuqori bo‘lmasligi kerak. www.sies.uz Page 211 of 306 212 Pishloqlarni ezilib qolishdan saqlash uchun idishlarning ichida to‘siqlar mavjud bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda pishloqlarni yog‘och idishlarga joylashdan oldin ularni pergament, podpergament, sellofan va plenkalarga o‘raladi. Yumshoq shirdon pishloqlari pergament va alyumin folgasi qog‘ozlariga o‘ralib, ularga etiketka qog‘ozi yopishtiriladi, so‘ngra idishlarga joylanadi. Eritilgan pishloqlar alyumin folgalariga o‘raladi va keyin plastmasa yoki karton karobkalariga joylanadi. Pishloq joylangan tashqi idishlar va uning tamg‘asida pishloqning nomi, ishlab chiqargan zavod nomeri, netto va brutto massalari, pishloq donasi soni kabilar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Pishloqlarni xohlagan transport vositasi yordamida tashish mumkin. Pishloqlarni yuklashdan oldin albatta ularning sanitariya holati aniqlanadi. Pishloqlarni tashish uchun begona hidga ega bo‘lgan transport vositalarini qo‘llash taqiqlanadi. Pishloqlar faqat yashiklarga joylangan holda tashiladi. Pishloqlarni tashiganda harorat ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Pishloqlar temir yo‘l transportida maxsus izotermik vagonlarda tashiladi. Izotermik vagonlarda harorat 2 0 S dan past va 8 0 S dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Pishloqlar avtomobil transporti vositasida brezent bilan yopilgan holda, yashiklarda tashilishi talab qilinadi. Pishloqlarni tashiganda va saqlaganda harorat 20 0 S dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Agar pishloqlar 20 0 S dan ortiq haroratda saqlansa, u holda pishloqlar yuzasida yog‘ erib, pishloqlar eritilgan moy ta’miga ega bo‘lib qoladi. Pishloqlarni uzoq muddat saqlash uchun tavsiya etilgan harorat –1 0 S dan –5 0 S gacha hisoblanadi. Bunda havoning nisbiy namligi 85-90 % ni tashkil etishi kerak. Qobiqqa ega bo‘lmagan pishloqarni esa 0 0 Sdan past haroratda saqlash tiavsiya etilmaydi. Pishloqlarning o‘ziga xos hidi tezda boshqa mahsulotlarga o‘tib qolishi mumkin bo‘lganligi uchun ularni omborxonalarda alohida saqlash tavsiya etiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling