Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


-jadval  Pishloqlarning sifatini baholashning 100-ballik tizimi


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

21-jadval 
Pishloqlarning sifatini baholashning 100-ballik tizimi
№ 
p/p 
Ko‘rsatkichlar 
Ajartilgan eng 
katta ball 
1. Hidi va ta’mi 
45 
2. Konsistensiyasi 
25 
3. Pishloqning g‘ovakligi (risunok) 
10 
4. Tashqi ko‘rinishi 
10 
5. Rangi 

6. O‘rab va joylanishi 

 
Jami 
100 
Bu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, pishloqlarning sifatini 
aniqlashda hidi va ta’miga alohida e’tibor beriladi va eng katta ball ajratiladi. 
Pishloqlarning organoleptik ko‘rsatkichlarining umumiy bali asosida ularni a’lo va 
1-navlarga ajratiladi (22-jadval). 
 
22-jadval 
Pishloqlarning navlari uchun ajratilgan ballar 
 
№ 
 
Pishloqning navi 
 
Umumiy baho, ball 
Hidi va ta’mi uchun, 
ballarda kam 
bo‘lmasligi kerak 
1. 
Oliy 
87-100 
37 
2. 
1-nav 
75-86 
34 
21-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oliy navli pishloqning umumiy 
bahosi 87-100 ball, jumladan hidi va ta’mining bahosi kamida 37 ball, 1-navli 
www.sies.uz
Page 207 of 306 


208
pishloqning umumiy bahosi 75 balldan, hidi va ta’mi uchun berilgan ball esa 34 
balldan kam bo‘lmasligi kerak. 
Agar pishloqlar uchun berilgan umumiy ball soni 75 dan kam bo‘lsa, bunday 
pishloqlar standart talabiga javob bermaydigan pishloqlar deb topiladi va savdo 
tarmoqlariga sotish uchun ruxsat etilmasligi kerak. 
Oliy navli pishloqlarning shakli to‘g‘ri, qobig‘i yupqa, tekis, toza, 
burishmagan bo‘lishi kerak. Agar pishloqlar parafinlangan bo‘lsa, u holda parafin 
qatlami shikastlanmagan bo‘lishi kerak. Oliy navli pishloqlarning ta’mi va hidi 
o‘ziga xos, sof, begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Birinchi navli pishloqlarda 
esa yem-xashak ta’mi va nordonlik salgina sezilib turilishiga ruxsat etiladi. Hamiri 
oliy navli pishloqlarda bir jinsli, qayishqoq, 1-navlarida esa uvoqli, sal 
chandirsimon, bo‘shroq bo‘lishi mumkin. Pishloqlar hamirining rangi oqdan sal 
sariqqacha, butun hamir bo‘ylab bir xil bo‘lishi kerak. Pishloq hamirlarining 
g‘ovakligi ham asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Oliy navli pishloqlarda 
g‘ovakliklar yaxshi rivojlangan, shakli va ularning joylashishi bir tekis bo‘lishi 
kerak. Birinchi navli pishloqlarda esa g‘ovaklari bir tekis joylashmagan holda ham 
bo‘lishi mumkin. 
Pishloqlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham 
aniqlanadi. Quyidagi 23-jadvalda asosiy pishloq turlariga fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar keltirilgan. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling