Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


-jadval  Achitilgan qaymoqlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

20-jadval 
Achitilgan qaymoqlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
 
Achitilgan qaymoqning 
nomi 
Miqdori, % dan kam 
bo‘lmasligi kerak 
Nordonligi, 
0
T dan 
ko‘p bo‘lmasligi 
kerak 
Parhezbop
Krestyanskiy: 
14% yog‘lilik 
18% yog‘lilik 
Oshxonabop: 
25% yog‘lilikdagi 
achitilgan qaymoq
30% yog‘lilikdagi 
achitilgan qaymoq: 
oliy nav 
1-nav 
Yuqori yog‘lilikdagi 
achitilgan qaymoq 
Lyubitelskaya
10 
14 
18 
20 
25 
30 
30 
36 
40 
7,8 
7,6 
7,4 
7,3 
6,5 
6,4 
6,4 
5,9 
5,8 
75-95 
65-120 
65-100 
65-100 
65-100 
65-90 
60-110 
60-90 
55-85 
Tvorog (suzma). Tvorog – bu oqsilli achitilgan sut mahsuloti bo‘lib, 
pasterizatsiya qilingan tabiiy yoki yog‘sizlantirilgan sutni ivitish natijasida hosil 
bo‘lgan quyqadan zardobini chiqarib yuborish natijasida olingan mahsulotdir. 
Pasterizatsiya qilingan sutdan olingan tvorogni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish 
mumkin, ammo pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan tvoroglar esa 
pishloqlar va issiqlik ishlovi berib tayyorlanadigan boshqa mahsulotlar uchun xom 
ashyo sifatida ishlatiladi. 
Tarkibidagi yog‘ miqdoriga qarab tvoroglar yog‘li (18%), kam yog‘li (9%) 
va yog‘siz tvoroglarga bo‘linadi. 
Tvorog tarkibida sezilarli darajada yog‘ va ko‘p miqdorda oqsil (14-16%) 
bo‘lganligi uchun bu mahsulot yuqori energiya berish qobiliyatiga egadir. Tvorog 
oqsili tarkibida o‘rin almashtirmaydigan hamma aminokislotalar mavjud bo‘ladi. 
Tarkibida oltingugurt tutadigan aminokislotalardan metionin va lizin borligi uchun 
tvorog parhez va shifobaxshlik xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. 
www.sies.uz
Page 205 of 306 


206
Tvorog kalsiy, fosfor, temir, magniy elementlari tuzlariga ham boy 
hisoblanadi. Ayniqsa kalsiy va fosfor tvorogda inson organizmi uchun tez hazm 
bo‘ladigan miqdoriy nisbattadir. Tvorog keksa yoshli kishilarga (yog‘sizi), 
shuningdek, o‘pka va suyak sili kasalliklariga, oshqozon-ichak, buyrak 
xastaliklariga duchor bo‘lgan kishilarga naf beradi. 
Sifati bo‘yicha yog‘li, kam yog‘li va yog‘siz tvoroglar oliy va 1-navlarga 
bo‘linadi. Tvorog yoqimli ivitilgan sut ta’mi va hidiga ega bo‘lishi, begona 
hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Tvoroglarning konsistensiyasi mayin, bir xil 
bo‘lishi, yog‘li tvoroglar ozroq surkaluvchan, yog‘siz tvoroglar esa qumoq, ozroq 
zardobi ajralib turgan holda bo‘lishi mumkin. Birinchi nav tvoroglarda sezilar-
sezilmas yem-xashak ta’mi, ozroq idish ta’mi kelib turishiga va ozroq achchiqlik 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Tvorogning rangi hamma massasida bir xil, oq rangdan to 
ozroq sarg‘ish ranggacha bo‘ladi. 
Tvoroglarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga yog‘dan tashqari 
nordonligi ham kiradi. Yog‘li tvoroglarning nordonligi 200-225
0
T, kam yog‘i 
tvoroglarniki – 210 – 240

T, yog‘siz tvoroglarniki -220-270
0
T qilib belgilangan. 
Tvorog sotuvga tarozida tortib sotiladigan va qadoqlangan holda chiqariladi. 
Tvorogni idishlarga qadoqlashda pergament, podpergament va polimer materiallar, 
kartondan ishlangan stakanlardan foydalaniladi. Tortib sotiladigan tvoroglar esa 
yog‘och bochkalarga massasi 50 kg gacha, temir flyaglarga 35 kg gacha, alyumin 
bitonlarga 10 kg gacha qilib joylanib, ustidan pergament yopiladi va zich bekitilib, 
tamg‘alanadi. 
Tvorogning sovutiladigan xonalarda 0

dan 1
0
S gacha bo‘lgan sharoitda 10 
kun, do‘konlarda esa 8
0
S dan ortiq bo‘lmagan haroratda 36 soatgacha saqlanishiga 
ruxsat etiladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling