Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Achitilgan qaymoq (smetana)
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Achitilgan qaymoq (smetana). Achitilgan qaymoq (smetana) rus milliy
mahsuloti hisoblanadi. Achitilgan qaymoq – bu shirin qaymoqni pasterizatsiyalab, unga sof sut kislotasi bakteriyalari tomizg‘ilari qo‘shib ivitish natijasida olingan mahsulotdir. Achitilgan qaymoq boshqa achitilgan sut mahsulotlaridan yuqori energiya berish qobiliyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Achitilgan qaymoq tayyorlash jarayonida oqsil tarkibida bo‘ladigan ijobiy o‘zgarishlar bu mahsulotning shirin qaymoqqa nisbatan organizmda tez va yaxshiroq hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Achitilgan qaymoqlarning sifati organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Tegishli standartlar talabi bo‘yicha achitilgan qaymoqning konsistensiyasi bir xil, ma’lum darajada quyuq bo‘lishi kerak. Yog‘lilik darajasi 20, 25, 30% bo‘lgan achitilgan qaymoqlarning konsistensiyasi juda quyuq bo‘lmagan, ozroq yopishqoq bo‘lib, ma’lum darajada havo pufakchalari ajralib turilishiga yo‘l qo‘yiladi. Yog‘liligi 14% bo‘lgan achitilgan qaymoqlarda esa ozroq darajada oqsil quyqalari bo‘lishi mumkin. Yog‘liligi 40% bo‘lgan achitilgan qaymoqlarning konsistensiyasi esa zich bo‘lishi kerak. Achitilgan qaymoqlarning ta’mi va hidi yoqimli nordonroq, achitilgan mahsulotga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Yog‘lilik darajasi 40% bo‘lgan achitilgan qaymoqdan boshqalarida ozroq darajada yem-xashak va idish ta’mi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Achitilgan qaymoqlarning rangi hamma qismlarida bir xil, oq rangdan to oq-krem ranggacha bo‘ladi. Achitilgan qaymoqlarda uchraydigan nuqsonlar ham sut va achitilgan sut mahsulotlarida uchraydigan nuqsonlardan deyarli farq qilmaydi. www.sies.uz Page 204 of 306 205 Yuqorida qayd etganimizdek oziq – ovqat sanoatda xilma-xil assortimentdagi achitilgan qaymoqlar ishlab chiqariladi. Bularga Parhezbop, Oshxonabop, 25, 30 va 36% yog‘lilikdagi, Lyubitelskiy, Krestyanskiy kabi achitilgan qaymoqlar kiradi. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular quyidagi 20-jadval talablarga javob berishi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling