Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Sutning zichligi deganda nimani tushunasiz? 
2. Sutning zichligi bilan kimyoviy tarkibi orasida qanday bog‘liqlik mavjud? 
3. Sutning osmatik bosimi qanchani tashkil etadi? 
4. Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sut qanday talablarga javob berishi kerak? 
5. Standart talabi bo‘yicha sutda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari 
aniqlanadi? 
6. Sutning nordonligi qanday aniqlanadi va nordonlik darajasi sifatiga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi? 
7. Sutlarning ta’mida va hidida bo‘ladigan nuqsonlarni tushuntirib bering. 
8. Bakteriyalar ta’sirida vujudga keladigan nuqsonlarni tushuntirib bering. 
9. Sutlarda bo‘ladigan texnik va fizik-kimyoviy nuqsonlarni tushuntirib bering. 
10. Nuqsonli sutlardan foydalanish tartibini tushuntirib bering. 
 
Achitilgan sut mahsulotlarining sifat ekspertizasi 
 
Achitilgan sut mahsulotlari sut kislotali bijg‘ish asosida ishlab 
chiqariladigan mahsulotlardir. Bularga prostokvasha (qatiq), atsidofil mahsulotlari, 
kefir, qimiz, achitilgan qaymoq (smetana), suzma va suzma mahsulotlari kiradi. 
Achitilgan sut mahsulotlarining ko‘pchiligi, ayniqsa prostokvasha, kefir, 
qimiz, atsedofil mahsulotlari parhezlik va shifobaxshlik xususiyatiga egadir. Bu 
mahsulotlar tarkibida sut kislotasi va karbonat angidrid gazi (kefir, qimiz) 
bo‘lganligi sababli inson oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, ovqatning to‘la 
xazm bo‘lishiga katta yordam ko‘rsatadi. Ikkinchidan, achitilgan sut mahsulotlari 
iste’mol qilinganda inson organizmida kislotalik muhit yaratiladi. Bu esa 
chirituvchi va boshqa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun noqulay 
www.sies.uz
Page 200 of 306 


201
sharoitdir. Shu bilan organizmning chirituvchi bakteriyalar ishlab chiqaradigan 
zaharli moddalar ta’sirida yemirilishining ma’lum darajada oldi olinadi. Achitilgan 
sut mahsulotlari tarkibidagi sut kislotasi konservantlik xususiyatiga ega bo‘lganligi 
uchun ham bu mahsulotlar uzoqroq saqlanish muddatiga egadir. 
Achitilgan sut mahsulotlarining sifati texnologik jarayonlardan tashqari ko‘p 
darajada xom ashyoning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli sutlarning sifat 
ekspertizasini 
o‘tkazishda 
qo‘llaniladigan 
ko‘rsatkichlar 
achitilgan 
sut 
mahsulotlarining ham sifat ekspertizasini o‘tkazishda qo‘llaniladi. 
Quyidagi 18-jadval achitilgan sut mahsulotlarining sifatiga organoleptik 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar keltirildi. 
Achitilgan sut mahsulotlarining sifatini baholashda ularning fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi. 
Quyidagi 19-jadvalda achitilgan sut mahsulotlarining sifatiga asosiy fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar keltirildi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling