Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Sutlarning sifatiga talablar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Sutlarning sifatiga talablar. Pasterizatsiya qilingan tabiiy sigir sutining
sifati GOST 13277-85 talabiga javob berishi kerak. Mazkur standart talabi bo‘yicha sutning sifati organoleptik va fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Organolpetik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sut oq yoki oq-sarg‘ishroq rangi, bir xil konsistesiyali, cho‘kindisiz, o‘ziga xos toza ta’m va hidga ega bo‘lishi, begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Sterilizatsiya qilingan sutlarda esa qizdirilgan sutga xos hid va ta’m yaqqol sezilib turadi va rangi sal qo‘ng‘irroq bo‘lishi mumkin. Pasterizatsiyalangan sutlar yuzasida qaymog‘i to‘planib qolishi ham salbiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Yuzasida qaymog‘i to‘planib qolishlik faqatgina gomogenizatsiya jarayonini o‘tmagan yoki uzoq saqlangan sutlardagina bo‘lishiga ruxsat etiladi. Standart talabi bo‘yicha sutlarning fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlaridan yog‘ miqdori, yog‘siz quruq modda miqdori, nordonligi, tozalik darajasi va harorati tekshiriladi. Sutlarda yog‘ miqdori ularning turiga qarab 2,5% dan 6% gacha, yog‘siz quruq modda miqdori 7,8-8,1% dan kam bo‘lmasligi, nordonligi kichik idishlarga qadoqlangan pasterizatsiya qilingan sutda 21 0 T dan, sterilizatsiya qilingan sutda esa 20 0 T dan ko‘p bo‘lmasligi talab etiladi. Aholiga sotilayotgan sutlarning hamma turi tozaligi bo‘yicha 1-darajali tozalikdan kam bo‘lmasligi kerak. Savdo tarmoqlariga flyaga, sisterna, konteynerlarda keltirilgan sutlar iste’mol qilishdan oldin albatta qaynatilishi kerak. Sutlarni qadoqlaganda idishlar toza, sizib chiqayotgan joylari bo‘lmasligi, paketlarda bo‘lsa paketlar ivib, deformatsiya bo‘lib qolmagan, aniq va to‘g‘ri tamg‘alangan bo‘lishi kerak. Taxir, achchiq, yem-xashak ta’mli, metal, moy, mog‘or, molxona hidi kelib turadigan, konsistensiyasi cho‘ziluvchan va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lgan sutlar sotuvga chiqarilmasligi kerak. www.sies.uz Page 198 of 306 199 Pasterizatsiya qilingan sutlarning kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan vaqtidan boshlab 36 soat, sterilizatsiya qilingan sutlarniki esa 10 kun qilib belgilangan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling