Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-BO‘LIM BO‘YICHA TESTLAR Test 1
Takrorlash uchun savollar: www.sies.uz Page 192 of 306 193 1. Yog‘larni saqlash jarayonida bo‘ladigan o‘zgarishlar ularning sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 2. Yog‘larning oksidlanish jarayoni ta’sirida buzilishining mohiyatini tushuntiring. 3. Yog‘larni saqlaganda kislota sonining oshishini nima bilan izohlaysiz? 4. Yog‘larning gidrolizlanish jarayoni ta’sirida buzilishining mohiyatini tushuntiring. 5. Yog‘larni saqlaganda ularning sifati mikrobiologik o‘zgarishlar ta’sirida ham pasayishi mumkinmi? 5-BO‘LIM BO‘YICHA TESTLAR Test 1 Savol: Yog‘larning kislota soni nimani bildiradi? Javoblar: 1. 1 g yog‘ tarkibida necha mg fosfor birikmalari borligini. 2. 1 g yog‘ tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalarining mg lardagi miqdorini. 3. 1 g yog‘ tarkibidagi to‘yingan yog‘ kislotalarining mg lardagi miqdorini. 4. 1 g yog‘ tarkibidagi bog‘langan yog‘ kislotalarining mg KON bilan ifodalangan miqdorini. 5. To‘g‘ri javob yo‘q. Test 2 Savol: Yog‘larda yod soni nimani ko‘rsatadi? Javoblar: 1. 100 g yog‘ tarkibidagi yodlarning mg lardagi miqdorini. 2. 1 g yog‘ tarkibidagi erkin yog‘ kislotalari bilan reaksiyaga bora oladigan yodning grammlardagi miqdorini. 3. 100 g yog‘larga birikishi mumkin bo‘lgan yodning grammlardagi miqdorini. 4. 100 g yog‘ tarkibidagi perekis birikmalari bilan reaksiyaga bora oladigan yodning grammlardagi miqdorini. 5. To‘g‘ri javob yo‘q. Test 3 Savol: Tozalanmagan paxta moyi nima sababli oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi? Javoblar: 1. Tarkibida erkin yog‘ kislotalari ko‘pligi uchun. 2. Zaharli glikozid borligi uchun. 3. Pestitsid va defolyantlar borligi uchun. 4. Og‘ir metallar tuzlari ko‘pligi uchun. 5. Javoblarning hammasi to‘g‘ri. Test 4 Savol: Tozalanib dezodaratsiya qilingan oliy navli paxta moylarida kislota soni necha mg KON dan oshmasligi kerak? Javoblar: 1. 1,1 dan. www.sies.uz Page 193 of 306 194 2. 2,2 dan. 3. 0,8 dan. 4. 0,2 dan. 5. Chegaralanmaydi. Test 5 Savol: O‘simlik moylarida suv va uchuvchan moddalarning miqdori necha foizni tashkil etadi? Javoblar: 1. 0,8-1,3 foizni. 2. 1-2 foizni. 3. 2-4 foizni. 4. 5 foizdan oshmasligi kerak. 5. 0,1-0,3 foizni Test 6 Savol: Mol yog‘larida kislota soni necha mg KON dan ortiq bo‘lmasligi kerak? Javoblar: 1. 0,2 dan. 2. 0,1 dan. 3. 2,2 dan. 4. 5,2 dan. 5. Chegaralanmaydi. Test 7 Savol: Nima uchun cho‘chqa yog‘ining erish temperaturasi qo‘y yog‘inikidan birmuncha past bo‘ladi? Javoblar: 1. Tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘pligi uchun. 2. Kichik molekulyar massaga ega bo‘lgan yog‘ kislotalari ko‘pligi uchun. 3. Oksikislotalar mavjudligi uchun. 4. Erkin yog‘ kislotalarining miqdori ko‘pligi uchun. 5. Suv bug‘i bilan haydaluvchi kislotalar mavjudligi uchun. Test 8 Savol: Nima uchun qo‘y yog‘ining erish temperaturasi cho‘chqa yog‘ining erish temperaturasidan birmuncha yuqori bo‘ladi? Javoblar: 1. Oksikislotalar mavjudligi uchun. 2. To‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjudligi uchun. 3. Erkin yog‘ kislotalarining mavjudligi uchun. 4. To‘yingan yog‘ kislotalarining ko‘pligi uchun. 5. Kichik molekulyar massaga ega bo‘lgan yog‘ kislotalari ko‘pligi uchun. Test 9 Savol: Quyidagi yog‘lardan qaysi birining organizmda hazm bo‘lish darajasi eng yuqori? 1. Qo‘y yog‘ining. 2. Mol yog‘ining. www.sies.uz Page 194 of 306 195 3. Cho‘chqa yog‘ining. 4. Ular hazm bo‘lishi darajasi bilan farq qilmaydi. 5. Gidrogenizatsiya qilingan mol yog‘ining. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling