Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
.
10 -3 Pa . S tashkil etib, bu ko‘rsatkich asosan oqsillarning miqdori va holatiga bog‘liq bo‘ladi. Sutning yopishqoqligi 60-65 0 S haroratgacha qizdirganda kamayadi, bundan yuqori haroratgacha qizdirilganda esa yopishqoqligi ortadi. Sut osmatik bosimi bo‘yicha deyarlik qonning osmatik bosimidan farq qilmaydi. Sutning osmatik bosimiga asosan sut shakari va ma’danli tuzlar ta’sir ko‘rsatib, uning miqdori 0,66 MPa ni tashkil etadi. Sutning osmatik bosimining oshishi, muzlash temperaturasining pasayishiga olib keladi. Sigir sutining o‘rtacha muzlash temperaturasi 0,55 0 S ni tashkil etadi. Sutlarning tarkibida qand va tuzlar bo‘lganligi uchun ularning qaynash temperaturasi toza suvning qaynash temperaturasidan bir oz yuqori bo‘lib, 100,2 0 S ni tashkil etadi. www.sies.uz Page 197 of 306 198 Sut elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyatiga egadir. Sutlar tarkibidagi mavjud moddalar har xil elektr zaryadiga ega bo‘lganligi sababli ularning har biri sutning elektr o‘tkazuvchanligida ishtirok etadi. Bundan faqat sut shakari mustasnodir, chunki qand moddalari elektroneytral moddalar hisoblanadi. Sutning umumiy nordonligi gradus Ternerlarda ( 0 T) ifodalanib, 100 ml sut tarkibida kislotalik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarni neytrallash uchun zarur bo‘ladigan 0,1 normalli ishqor eritmasining miqdoriga aytiladi. Yangi sog‘ib olingan sutning nordonligi 16-18 0 T ni tashkil etadi. Sutga nordonlik xususiyatini beradigan moddalarga tuzlar, oqsillar, karbonat angidrid gazi, sutda bo‘ladigan kam miqdordagi limon kislotasi kiradi. Sut saqlanganda sut kislotasi bakteriyalari va boshqa mikroorganizmlar ta’sirida sut qandi bijg‘iydi, natijada sutning nordonligi ortadi. Shu sababli sutning nordonligi uning yangiligidan dalolat beradi. Sutning nordonligi to‘risida kengroq xulosaga ega bo‘lish uchun rN ko‘rsatkichi (faol nordonligi) ham aniqlanadi. Sutning faol nordonligi - bu vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari ishorada olingan lagorifmidir. Endi sog‘ib olingan va yangi sutlarning rN ko‘rsatkichi 6,47-6,67 oralig‘ida bo‘ladi. Bunday nordonlik bakteriyalarning rivojlanish uchun qulay sharoit hisoblanadi. Shu sababli sut tez buziluvchan mahsuot hisoblanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling