Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Qaymoqlarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablarni 
tushuntiring. 
2. Qaymoqlarning sifatiga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablarni 
tushuntiring. 
3. Achitilgan qaymoqlarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
talablarni tushuntiring. 
4. Achitilgan qaymoqlarning sifatiga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
qanday talablar qo‘yiladi? 
5. Tvoroglarning sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar 
qo‘yiladi? 
6. Tvoroglarning sifatiga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday 
talablar qo‘yiladi? 
7. Qaymoqlar va achitilgan qaymoqlarda uchraydigan nuqsonlarni tushuntirib 
bering. 
8. Tvoroglarda uchraydigan nuqsonlarni tushuntirib bering. 
Pishloqlarning sifat ekspertizasi 
www.sies.uz
Page 206 of 306 


207
 
Pishloqlar sut tarkibidagi kazeinni ivitish natijasida olinadigan sut 
mahsulotlari hisoblanadi. 
Sutni ivitish usuliga qarab pishloqlar shirdon va nordon pishloqlarga 
bo‘linadi. Hozirgi kunda ishlab chiqariladigan asosiy pishloqlar shirdon pishloqlari 
hisoblanadi. Shirdon pishloqlari ishlab chiqarishda sut shirdon fermentlari 
yordamida ivitiladi. Nordon pishloqlar ishlab chiqarishda esa kazein sut kislotasi 
ta’sirida ivitiladi. 
Shirdon pishloqlari ishlab chiqaish texnologiyasiga qarab quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: qattiq, yumshoq shirdon pishloqlari, namokopli va qayta 
ishlangan pishloqlar. 
Pishloqlar massasiga qarab esa katta va kichik pishloqlarga bo‘linadi. 
Pishloqlarning sifati ham boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining sifati kabi 
organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Qattiq shirdon 
pishloqlari organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha oliy va birinchi navga bo‘linadi. 
Pishloqlarni baholashda 100 ballik sistemadan ham foydalanish mumkin (21-
jadval). 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling