Ta’mi va hidi - 10
Konsistensiyasi, tashqi
ko‘rinishi va ishlanganligi - 5
Rangi - 2
O‘rab-joylanishi - 3
Jami - 20 ball
Oliy navli sariyog‘ning ta’mi va hidi sof, aynan shu turga xos, yoqimli,
begona ta’m va hidlarsiz, konsistensiyasi 10-12
0
S da zich, bir jinsli, kesimi sal
yaltiroq, rangi oqdan to sariq ranggacha bo‘lishi kerak. Agar sariyog‘ga
qo‘shimchalar qo‘shilgan bo‘lsa, bu sariyog‘ning rangi ham qo‘shimchalar rangiga
mos bo‘lishi kerak. Eritilgan sariyog‘larning konsistensiyasi esa mayda donador
holatda bo‘ladi. Birinchi navli sariyog‘larda esa sal kamchiliklar bo‘lishiga yo‘l
qo‘yiladi.
Sariyog‘larning
sifatini
baholashda
ularning
fizik-kimyoviy
ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Standart talabi bo‘yicha
sariyog‘larning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga yog‘ miqdori, suv miqdori,
tuzlangan sariyog‘larda tuz miqdori, SOMO (yog‘siz quruq modda) miqdori,
tarkibi boyitilgan sariyog‘larda esa qo‘shilgan xom ashyolarning hissasi kabi
ko‘rsatkichlari kiradi.
Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, sariyog‘larda yog‘ miqdori 52 % dan
82,5 foizgacha bo‘ladi. Eritilgan sariyog‘larda esa yog‘ miqdori 98-99% ni tashkil
etadi. Sariyog‘larning tarkibida suv miqdori qaysi tur sariyog‘ ekanligiga qarab 16
% dan 35 % gachani tashkil etadi. Sariyog‘ning tarkibida yog‘ miqdori qancha
ko‘p bo‘lsa unda shuncha darajada suv miqdori kam bo‘ladi. Eritilgan
sariyog‘larda esa suv miqdori 1 % ni tashkil etadi. Ba’zi holatlarda sariyog‘lar
tarkibidagi yog‘ning kislota sonini ham aniqlash tavsiya etiladi.
www.sies.uz
Page 215 of 306
216
Do'stlaringiz bilan baham: |