Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Boyimjon. Boyimjonning vatani Hindiston bo‘lib, qalampir va pomidorga
nisbatan issiqsevar, to‘q binafsha rangli, pishganda qo‘ng‘ir-sarg‘ish ranga kiradi. Boyimjon mevasi tarkibida 2,5-4,6 % qand, 0,6-1,4% oqsil, 0,6-0,7%, pektin moddalari, 0,5-0,7% mineral moddalar bo‘ladi. Vitaminlardan S, V 1 , V 2 , RR, karotin uchraydi. Boyimjon qaynatib, qovurib iste’mol qilinadi, ikra, qiymalar va konserva mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. O‘zbekistonda ho‘raki navlaridan Bolgarskiy-87, Avrora, Yerevanskiy-3 kabi navlari keng tarqalgan. Boyimjon sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha GOST 13907-86 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha boyimjon yangi, butun, toza, sog‘lom, so‘limagan, shakli va rangi shu botanik navga mos, mexanik shikastlanmagan bo‘lishi kerak. Standart talabi bo‘yicha boyimjon sabzavoti uchun asosiy ko‘rsakichlardan biri ularning uzunligi hisoblanadi. Uzunchoq shaklli boyimjonlarda sabzavot uzunligi 10 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Boshqa shakldagi boyimjonlar uchun esa katta ko‘ndalang kesimining diametri me’yorlanadi. Ularda katta ko‘ndalang kesimning diametri 5 sm dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Mazkur standartda ko‘rsatilganidek, boyimjon massasida po‘stlog‘i sal so‘ligan, yengil shikastlangan boyimjon mevalari miqdori 10,0% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Qalampir. Qalampir ham issiqsevar o‘simlik bo‘lib vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. Qalampir navlari tarkibidagi achchiq modda (kapsaitsin) miqdoriga qarab ikki guruhga: achchiq va shirin (chuchuk) qalampirga bo‘linadi. Achchiq qalampir mevasi tarkibida kapsaitsin ko‘p bo‘lib, po‘sti yupqa, mayda uzunchoq, konussimon bo‘ladi. Undan asosan sabzavotlarni sirkalash, tuzlash va konervalashda ziravor sifatida foydalaniladi. Shirin qalampir mevasi yirik etli, tarkibida kopsaitsinni juda kam saqlaydi. U ovqatga yangiligicha va konservalar tayyorlashda ishlatiladi. Tarkibida S vitamini ( askorbat kislota) miqdori bo‘yicha sabzavotlar ichida qalampirlar birinchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari shirin qalampir takibida qand (5,4%), fosfor tuzlari, R vitamini va karotinlar bor. Tabiiy sharoitda va issiqxonalarda yetishtirilib, tayyorlanadigan, aholiga sotiladigan va qayta ishlashga mo‘ljallangan shirin qalampirlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha GOST 13908-87 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha qalampir yangi, toza, butun, sog‘lom, shakli va rangi jihatidan shu botanik navga mos keladigan, boldoqli bo‘lishi kerak. Hidi va ta’mi esa o‘ziga xos, sal achchiq ta’mi, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Mazkur standartga binoan uzunchoq shaklli qalampirlarning uzunligi 6 sm dan, yumaloq shakli qalampirlarda esa ko‘ndalang kesimining diametri 4,0 sm dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Qalampirda ozroq so‘ligan, lekin burishib qolmagan qalampirlar miqdori 10% gacha va o‘lchamlari bo‘yicha belgilangan me’yordan 1 sm dan ortiq bo‘lmagan qalampirlar miqdori esa 5,0% gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. www.sies.uz Page 69 of 306 70 Standart talabi bo‘yicha shirin qalampir yangi, toza, butun, sog‘lom, shakli va rangi jihatidan shu botanik navga mos keladigan, salgina achchiq ta’mli bo‘lishi kerak. Achchiq qalampir ham yangi, toza, sog‘lom, pishib yetilgan, bandli, achchiq ta’mli bo‘lishi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling