Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Takrorlash uchun savollar:
www.sies.uz Page 102 of 306 103 1. Shakarning sifatini baholashda qo‘llaniladigan organoleptik ko‘rsatkichlarini tushuntiring. 2. Shakarda saharoza miqdori necha foizni tashkil etadi? 3. Shakarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga qaysi ko‘rsatkichlari kiradi? 4. Qand-rafinadning sifatini baholashda qo‘llaniladigan organoleptik ko‘rsatkichlarini tushuntiring. 5. Qand-rafinadning tarkibida saharoza miqdori necha foizni tashkil etadi? 6. Qand-rafinadning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga qaysi ko‘rsatkichlari kiradi? 7. Shakar va qand-rafinadda uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntiring. 8. Shakar va qand-rafinadni saqlash jarayonida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular mahsulot sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Asallarning sifat ekspertizasi Asal asalarilarning o‘simliklar va gullarning shirin–sharbatini to‘plashidan va qayta ishlashidan hosil bo‘ladigan tabiiy shirin mahsulot hisoblanadi. Hozirgi kunda asalarichilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i sifatida respublikamizning ko‘pgina davlat va xo‘jaliklarida katta daromad manbayi bo‘lib hizmat qilmoqda. Asallarning kimyoviy tarkibi va ozuqalik qiymati juda xilma-xil bo‘lib, ular ko‘p hollarda iqlim sharoitlariga, yil fasliga, sharbat yig‘ilgan o‘simlik turiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi kunda asallar tarkibida 300 ga yaqin modlar borligi aniqlangan. Shulardan 100 ga yaqini har qanday asal tarkibida uchraydi. Asalning asosiy tarkibiy qismini qand moddalari tashkil qiladi, ya’ni ularning miqdori asalda 80 % gacha bo‘lishi mumkin. Tabiiy asallar botanik kelib chiqishi bo‘yicha gul, pad va aralash asal turlariga bo‘linadi. Gul asali aslarilar tomonidan gullarning shirinliklarini (nektar) yig‘ishi va qayta ishlashi natijasida olinadi. Gul asallari o‘z navbatida asosan bir o‘simlik guli shirasidan olingan (monofler) va ko‘p o‘simlik shirasidan olingan (polifler) asallarga bo‘linadi. Pad asalini gul shiralari bo‘lmagan paytlarda asalarilar daraxtlar tanasidan ajralib chiqadigan va o‘simlik barglari ustida bo‘ladigan shiralardan to‘playdi. Bu asallarning ozuqaviy va bilogik qiymati gul asallarinikiga nisbatan juda past bo‘ladi. Pad asali och yoki to‘q qahrabo rangda bo‘lib, yoqimsiz achchiq yoki nordonroq ta’mga ega bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy bo‘lmagan asallar ham mavjud. Bu asallarga qand asali, sun’iy vitaminlashtirilgan va sun’iy asallar kiradi. Qand asalini asalarilar qand sharbatidan tayyorlaydi. Vitaminlashtirilgan asalni asalarilar qand sharbatiga vitminga boy tabiiy sharbatlar qo‘shilgan sharbatdan ishlab chiqaradi. Sun’iy asal esa qand sharbatiga organik kislotalar (sut, limon, vino kislotalari) va xushbuy essensiyalar qo‘shib, qaynatib, quyultirish natijasida tayyorlanadi. Albatta, bu asallarning shifobaxshlik xususiyatlari tabiiy asallarnikidan juda ham past bo‘ladi. www.sies.uz Page 103 of 306 104 Shu sababli asallar ekspertizasi asosida ularning tabiiy yoki tabiiy asal emasligini aniqlash juda katta amliy ahamiyat kasb etadi. Asallar ekspertizasining tovar, veterinariya-sanitariya va gigiyenik ekspertizasi kabi turlari mavjud. Quyida bu ekspertiza turlariga qisqacha tavsif beramiz. Tovar ekspertizasi. Asallarda tovar ekspertizasi tekshirilayotgan asalning tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi yoki bermasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Tovar ekspertizasini o‘tkazishda asosan asallarning organoleptik va fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Tabiiy asallar bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha 19792-87 nomerli Davlat standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart tlabi bo‘yicha gul va pad asallarining organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 2- jadval ma’lumotlarida keltirildi. Bu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, asal tarkibidagi asosiy modda qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand moddalari ekan. Ana shu qand moddasining miqdoriga qarab asal sifati to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Yana shuni ham qayd etish lozimki, tabiiy asallar tarkibida ko‘pi bilan 6 foizgacha saharoza qandi bo‘lishi kerak. Bu ko‘rsatkichning me’yoridan yuqori bo‘lishi asalning soxta, ya’ni qalbakilashtirilgan asal ekanligidan dalolat beradi. Buning boisi shundaki, asalni qalbakilashtirishda asosan shakardan foydalaniladi. Shakar asosan deyarli butunlay saharoza qandidan tashkil topgandir. Albatta, asalga shakar sharbati qo‘shilishi uning tarkibida saharoza miqdorining ortib ketishini keltirib chiqaradi. Shu sababli ko‘pchilik hollarda asalning tabiiyligini aniqlashda saharoza miqdoriga e’tibori beriladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling