Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


-jadval  Shakarning tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

1-jadval 
Shakarning tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
 
Ko‘rsatkichlar 
Shakar 
Qayta ishlash uchun 
mo‘ljallangan shakar 
Saharoza (quruq modda hisobida), % dan kam 
bo‘lmasligi kerak 
99,75 
99,55 
Qaytaruvchanlik xsusiyatiga ega bo‘lgan 
moddalar miqdori (quruq modda hisobida), % 
dan ko‘p bo‘lmasligi kerak 
0,050 
0,065 
Kul miqdori (quruq modda hisobida), % dan 
ko‘p bo‘lmasligi kerak 
0,03 
0,05 
Rangliligi (shartli birlik hisobida) ko‘p 
bo‘lmasligi talab qilinadi. 
0,8 
1,5 
Namlik, % dan ko‘p bo‘lmasligi kerak 
0,14 
0,15 
www.sies.uz
Page 100 of 306 


101
Temir aralashmalari, % dan ko‘p bo‘lmasligi 
kerak 
0,0003 
0,0003 
Quyma qandda namlik 0,4 foiz bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich presslangan quyma 
xususiyatiga ega bo‘lgan qandda 0,25 foizdan, presslangan tezda eruvchan qandda 
esa 0,20 foizdan oshmasligi kerak. 
Qand-rafinadning sifatini aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari qand-
rafinad parchasining hajmiy og‘irligi va chidamliligi, ya’ni maydalash va kesishga 
qarshilik ko‘rsatishi ham hisobga olinadi. 
Presslangan, suvda tez eruvchan qand 1 sm
3
hajmdagi bo‘lakchasining 20
0

suvda to‘liq erish vaqti 1 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun ham 
quyma va quyma qand xususiyatiga ega bo‘lgan rafinadlar tashishga chidamli 
bo‘lib, ular tashish va saqlashda juda kam uqalanadi. 
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talabiga javob bermaydigan, 
ya’ni begona ta’m va hidlarga ea bo‘lgan, sariq dog‘li, mexanik aralashmalari 
bo‘lgan qandlar sotishga chiqarilmasligi kerak. 
Bundan tashqari hamma tur qand mahsulotlari uchun mikrobiologik 
ko‘rsatkichlari, zaharli unsurlar (qo‘rg‘oshin, mish’yak, mis, simob, kadmiy, rux) 
va pestitsidlar (geksaxloran, fostaksin, DDT) miqdori ham me’yorlashtiriladi. 
Shakar va qandlarda uchraydigan asosiy nuqson havodan namlikni o‘ziga 
tortib namlanib qolishi hisoblanadi. Shakar esa havoning nisbiy namligi yuqori 
bo‘lgan sharoitda saqlansa yoki saqlanish jarayonida harorat tez-tez o‘zgarsa 
shakar zarrachalari birikib, qotib qolishi kuzatiladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling