Oziq-ovqat kimyosi
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
3.5. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda
lipidlarni o‘zgarishi Xomashyolarni qayta ishlashda texnologik jarayonlar natijasida ularni tarkibidagi lipidlar o‘zgarishga uchraydi. Bularning hammasi olinadigan tayyor mahsulotning tarkibiga, ozuqaviy va biologik qiymatiga ta’sir etadi. Bu jarayonlarning intensivligi lipidlarni kimyoviy tarkibiga, qo‘shilayotgan va hosil bo‘layotgan (masalan, antioksidantlar, melanoidinlar) moddalarga, namlikka, mikroorganizmlarni borligiga, fermentlarni faolligiga, havodagi kislorod bilan to‘qnashuviga, qadoqlash usuliga va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘liq. O‘simlik yog‘i tarkibida asosan ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘lar bo‘lgani uchun havo kislorodi ishtirokida avtooksidlanish jarayoni ketadi. Yog‘ni namligi kam, mineral moddalar bo‘lmagani uchun mikroorganizmlar bilan zararlanmaydi va yog‘larni qorong‘i joyda uzoq saqlash mumkin. Yog‘larni saqlashni mo‘tadil harorati 4-6 o C, havoni nisbiy namligi 75% hisoblanadi. Uy sharoitida shisha idishda qorong‘i joyda saqlash tavsiya etiladi. Hayvon yog‘lari (qo‘y, cho’chqa, sigir) o‘zini yog‘ kislota tarkibi bilan (to‘yingan yog‘ kislotasi ko‘pligi tufayli) saqlashga chidamli hisoblanadi. Lekin ularni tarkibida antioksidantlar bo‘lmagani uchun bu chidamliligini kamaytiradi. Bularni ichida sariyog‘, margarin, omuxta yog‘ beqaror hisoblanadi. Yog‘li xomashyolarni va tayyor mahsulotlarni saqlashda murakkab jarayonlar ketadi. Masalan, bug‘doy unini saqlashda gidrolitik va 87 oksidlanish jarayonlari ketishi natijasida taxirlanadi, oqsillar bilan ta’sirlanib non sifatiga ta’sir etadi. Oksidlanish jarayonlarini oshishi mahsulot tarkibida organizm uchun zararli moddalar hosil bo‘ladi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni oksidlanishdan saqlash muhim vazifa hisoblanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling