Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

4.2. Murakkab uglevodlar 
4.2.1. Birinchi toifali polisaxaridlar 
 
Yuqorida ta’kidlanganidek, oziq-ovqat mahsulotlarining murakkab 
uglevodlari birinchi va ikkinchi toifali polisaxaridlarga bo‘linadi. 
Birinchi toifali polisaxaridlarga di-, tri- va tetrasaxaridlar kiradi. 
Disaxaridlar molekulasi ikkita, trisaxaridlar-uchta, tetrasaharidlar esa 
to‘rtta bir yoki turli xil monosaxaridlardan tuzilgan bo‘ladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida saxaroza, laktoza, maltoza, 
tregaloza, sellobioza va boshqa shu kabi disaxaridlar uchraydi.
Saxaroza aholi va oziq-ovqat sanoatida keng iste’mol qilinadigan 
asosiy shakar hisoblanadi. Shu boisdan u oziq-ovqat mahsulotlari 
tarkibiga kiruvchi kimyoviy moddalardan biri bo‘libgina qolmasdan, 
o‘zi ham asosiy mahsulot hisoblanadi. U o‘simlik mahsulotlarida ko‘p 
tarqalgan, ayniqsa shakar lavlagisida (14-20 %) va shakar qamishda (14-


92 
25 %) juda ko‘p. Saxaroza aynan Shu mahsulotlardan olinishi sababli 
uni lavlagi va mos holda qamish shakari deb atashadi. 
Saxaroza oq kristall modda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Suvsiz 
baland haroratli (160-186
o
C) muhitda suyuqlikka aylanadi.
Kislotali muhitda saxarozaning gidrolizlanishidan d–glyukoza va 
d–fruktoza monoshakarlari hosil bo‘ladi. Saxaroza molekulasida 
glyukoza piranoza, fruktoza esa furanoza shakllarida bo‘lib, bir-birlari 
bilan 1,2-glyukozid bog‘lari bilan bog‘langan: 
Laktoza asosan sut tarkibida (4-5 %) bo‘ladi. Shuning uchun ham 
uni sut shakari deb atashadi. Lekin u ba’zi o‘simliklar mahsulotlarida 
ham kam miqdorda uchraydi. Laktoza shakari farmatsevtikada 
mikroorganizmlarni urchitish uchun ozuqa muhitini tayyorlashda 
ishlatiladi. U β-d-galaktoza va α–d–glyukoza qoldiqlaridan iborat: 
Maltoza amiloza fermenti ta’sirida kraxmaldan hosil bo‘ladi. Uni 
solod shakari deb atashadi. Maltoza molekulasi bir- birlari bilan 1,4 – 
glyukozid 
bog‘lari 
orqali 
bog‘langan 
d–glyukozaning 
ikki 
molekulasidan iborat: 
Tregaloza shakari qo‘ziqorinlar, suv o‘tlari va xamir achitqilari 
tarkibida uchraydi. Uning achitqilardagi miqdori quruq moddalar 
ulushining 18 % ni tashkil qiladi. U bir-biri bilan 1,1–bog‘lar orqali 
bog‘langan α–d-glyukozaning ikki molekulasidan iborat: 


93 
Sellobioza barcha o‘simlik mahsulotlarida tarqalgan. Kletchatka 
asosan sellobiozadan tashkil topgan. Sof holda tabiatda juda ham kam 
uchraydi. Sellobioza β– d– glyukozaning ikki molekulasidan tashkil 
topgan bo‘lib, ular bir-birlari bilan 1,4–bog‘lar orqali bog‘langan. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling