Oziq-ovqat kimyosi
Uglevodlarning fiziologik ahamiyati
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
4.5. Uglevodlarning fiziologik ahamiyati Uglevodlar insoniyat organizmi uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi va hujayra, to‘qima, miya, yurak uchun muhim ahamiyatga ega. Uglevodlarni biologik oksidlanishi natijasida (yog‘ va qisman 98 oksillar) energiya ajraladi va adenizintrifosfat kislotasi ko‘rinishida hujayrada yig‘iladi. 1 gr. uglevod oksidlanganda 16,7 kDj (4 kkal) energiya ajraladi. Ba’zi bir uglevodlar biologik faollikka ega. Masalan, geparin qonni ivishini oldini oladi, gialuron kislota hujayra qobig‘idan bakteriyalarni o‘tishini oldini oladi. Glyukouron kislota esa zaharli moddalar bilan birikib murakkkab zaharsiz modda hosil qiladi va organizmdan chiqarib yuboradi. Insonni uglevod zaxirasi oz, tana vaznini 1% tashkil etadi. Mehnat faoliyati natijasida tez kamayadi. Kundalik norma 400-500gr. tashkil etadi va 80% kraxmalga to‘g‘ri keladi. Ozuqaviy qiymati bo‘yicha uglevodlar o‘zlashtiriladigan va o‘zlashtirilmaydigan uglevodlarga bo‘linadi. O‘zlashtiriladigan uglevodlarga mono- va oligosaxaridlar, kraxmal, glikogen kiradi. O‘zlashtirilmaydiganlarga sellyuloza, gemitsellyuloza, inulin, pektin, gummi moddalar va shilimshiq moddalar kiradi. Inson iste’mol qilganda uglevodlar parchalanadi va ichakda so‘riladi yoki yog‘larga aylanadi, yoki glikogenga aylanadi. Yog‘larni ko‘payishi ortiqcha oddiy qandlar iste’mol qilinganda va energiya sarf bo‘lmaganda yuz beradi. Uglevodlarni almashuvi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 1. Disaxaridlar va polisaxaridlar oshqozon ichakda monosaxaridgacha parchalanadi va organizmga so‘riladi va qonga o‘tadi. 2. To‘qimada, asosan buyrakda glikogen sintezlanadi va parchalanadi. 3. Glyukoza anaerob parchalanadi va piruvat hosil qiladi. 4. Piruvat aerob nafas olishda ishtirok etadi. 5. Geksozalar bir biriga aylanadi. 7. Uglerodsiz mahsulotlardan uglevodlar hosil bo‘lishi. Bularga pirouzum kislotasi, sut kislotasi, glitserin, aminokislotalar va boshqalar. O‘zlashtirilmaydigan uglevodlar ozuqaviy to‘qima deyiladi va quyidagi vazifalarni bajaradi: ichak funksiyasini jadallashtiradi; xolesterinni so‘rilishini oldini oladi; chirituvchi bakteriyalarni ingibirlaydi; semirishga olib keluvchi lipid almashuvni bo‘zilishini oldini 99 oladi; toksik moddalarni organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi; O‘zlashtirilmaydigan uglevodlar yetishmasa yurak-qon tomir kasalligiga olib keladi, ichak funksiyasi bo‘ziladi. Kundalik norma 20- 25 gr tashkil etadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling