Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natriy.
- Oltingugurt.
5.2. Makroelementlar Kalsiy. Tish va suyakni asosiy komponenti hisoblanadi. Bokimyoviy va fizoilogik jarayonlarni ketishida muhim rol o‘ynaydi. Katta yoshdagi insonlar kuniga 800 mg, bolalar va o‘smirlar 1000 mg iste’mol qiladi. Kalsiyni manbaiga sut va sut mahsulotlari, pishloq (100 g da 100- 1000 mg), Ko‘k piyoz, petrushka , loviya hisoblanadi. Magniy. Bu element fermentlarni faollashuvida muhim rol o‘ynaydi. Nerv sistemasini va yurak muskullari faoliyatini yaxshilaydi. Kunida 200-300 mg iste’mol qilinadi. Asosan o‘simlik xomashyolari magniyga boy. Kaliy. 90% kaliy hujayra ichida uchraydi. Nerv impulslarini uzatishda qatnashadi. Suv-tuz almashuvini boshqaradi. Kundalik talab 2000— 4000 mg ni tashkil etadi. Kaliy tanqisligi yurak-qon tomiri faoliyatiga buzilishiga olib keladi. Kaliyga boy manbalarga, o‘rik, uzum, dengiz karami, loviya, no‘xat, kartoshka sabzavot-mevalar kiradi (100-600 mg/100 g maxsultda). Natriy. Inson organizmini hamma organlarida va suyuqliklarida bo‘ladi. Osmotik bosimni saqlashda nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi. Oshqozon fermentlari faolligini oshiradi. Fosfor. Fosfor hamma organizm to‘qimasi tarkibiga kiradi. Organizmda ketadigan sintez va gidroliz jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Kundalik talab 1200 mg. Hayvondan olinadigan mahsulotlarda uni miqdori yuqori. Oltingugurt. Bu modda oqsil tarkibiga kiradi. Oqsil almashuvida muhim ahamiyatga ega. Uni miqdori oqsil miqdoriga to‘g‘ri proporsional. Kundalik talab kuniga 400—600 mg Xlor. Fermentlarni aktivlaydi, oshqozon suyuqligi hosil qiladi, plazma shakllanadi, kundalik talab 5000 mg. Organizmga osh tuzi ko‘rinishda tushadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling