Oziq-ovqat kimyosi
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Uglevodlar, monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlar, oraliq plastinka, furfurol, oksimetilfurfurol, Mayyar reaksiyasi, bijg‘ish jarayoni, uglevodlarni gidrofilligi, imidazol, pirazinlar, pirrollar, polisaxaridlar, kraxmal, sellyuloza, pektinli moddalar, pektin, eterifikatsiya, gel. Takrorlash uchun savollar 1. Uglevodlarga tavsif bering. 2. Uglevodlarni sinflanishi. 3. Monosaxaridlar va ulaning xossalari. 4. Disaxaridlarga tavsif bering. 5. Kraxmal tuzilishi va xususiyatlari aytib bering. 6. Kraxmalni gidrolizlovchi fermentlar va ularni turlari. 7. Sellyuloza va pektinni parchalovchi fermentlar va ularni turlari. 8. Qandli moddalarni termik parchalanishda hosil bo‘ladigan mahsulotlar. 9. Uglevodlarni bijg‘ishida hosil bo‘ladigan mahsulotlar. 10.Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mono- va oligosaxaridlarni funksional ahamiyati qanday? 11.Polisaxaridlarni gidrolizi qaysi oziq-ovqat texnologiyalarida qo‘llaniladi? 12.Polisaxaridlar oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida qanday funksiyani bajaradi? 13.Uglevodlarning texnologik ishlov berish davrida o‘zgarishini izohlab bering? 112 V-BOB. MINERAL MODDALAR 5.1. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mineral moddalar 5.1.1. Mineral moddalarni inson organizmidagi ahamiyati Tirik organizm tarkibidagi organik moddalar tarkibiga ko‘pgina mineral moddalar, ionlar, kompleks birikmalar kiradi. Mineral moddalarni miqdoriga qarab ular makro- va mikro- elementlarga bo‘linadi. Agar organizm tarkibida ularni miqdori 10 -2 %, ko‘p bo‘lsa, ular makroelementlar hisoblanadi. Mikroelementlarni miqdori 10 -3 -10 -5 % ni tashkil etadi. Agar mineral moddalarni miqdori 10 -5 % kam bo‘lsa, ular ultramikroelementlar deyiladi. Inson organizmiga tushadigan kundalik kimyoviy elementlar 18-jadvalda keltirilgan. 18- jadval Inson organizmiga tushadigan kundalik kimyoviy elementlar (mgda) Element Kattalar Bolalar Element Kattalar Bolalar K 2000-5500 530 Cr 0,05-0,2 0,04 Na 1100-3300 260 Co 0,2 0,001 Ca 800-1200 420 (vitamin B 12 ) - - Mg 300-400 60 C1 3200 470 Zn 15 5 P0 4 3 - 800-1200 210 Fe 10-15 7 SO 4 2 - 10 - Mn 2,0-5,0 1,3 I 0,15 0,07 Cu 1,5-3,0 1 Se 0,05-0,07 - Mo 0,075-0,250 0,06 F 1,5-4,0 0,6 Makroelementlarga kaliy, natriy, kalsiy, magniy, fosfor, xlor va oltingugurt kiradi. Ularni miqdori 100 g mahsulot tarkibida bir necha un va yuz milligramm miqdorida bo‘ladi. Mikroelementlar organizmda bir necha mkgdan bir necha 100 mkg miqdorida bo‘ladi. Mikroelementlar shartli ravishda 2 ta guruhga bo‘linadi: absolyut yoki hayotiy zarur (kobalt, temir, mis, rux, marganes, yod, brom, ftor) va ehtimoliy zaruriy (alyuminiy, stronsiy, molibden, selen, nikel, vanadiy va boshqalar). Hayotiy zarur mikroelementlar shunday moddalarki, ular yetishmaganda organizmni normal hayot-faoliyati buziladi. Ushbu elementlar yetishmaganda; Ca – yetishmasa, skeletni rivojlanishi sekinlashadi. Mg- yetishmasa, muskullarni faoliyati buziladi. Fe - yetishmasa, anemiya kasalligi vujudga keladi. 113 Zn - yetishmasa, terini zararlanadi, o‘sish susayadi. I - yetishmasa, qalqon bezini faoliyati buziladi. Insonni oziqlanishida eng tanqis mineral moddalarga kalsiy va temir, ortiqchasiga natriy va fosfor kiradi Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling