Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Ftor.
5.3. Mikroelementlar 
Temir. Bu element oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarilada ishtirok 
etib nafas olishni ta’minlovchi birikmalar biosintezida ishtirok etadi. 
Organizmda temirni yetishmasligi anemiyani boshqa bir necha 
kasalliklarni rivojlantiradi. 
Talab kuniga 14 mg. Yuqori darajada maydalangan unda uni 
miqdori kam bo‘ladi. Temirni yengil o‘zlashtiriladigan formasi go‘shtli 
mahsulotlarda, jigarda, tuxum sariyog‘da ko‘p bo‘ladi. ( 2000 mg/100 g 
mahsulotda). 
 
Mis. Mis oqsillar bilan birikkan holda bo‘ladi. Ko‘pgina 
fermentlarni aktivatori hisoblanadi. Kundalik talab 2 mg. Jigarda, tuxum 
sarig‘ida va ko‘katlarda ko‘p bo‘ladi. 
 Yod. Yod tiroksin garmonlarini sintezida muhim ahamiyatga ega. 
Yod yetishmasa buqoq kasalligini vujudga keltiradi. Kundalik talab 100-
150mkg. OOM (4-15 mkg%), dengiz balig‘ida 50 mkg/100 g, treska 
jigarida 800, dengiz karamida— 50 mkg dan 70 000 mkg/100 g. gacha 
bo‘ladi. Mahsulotga issiqlik bilan ishlov berilganda 30-60% yo‘qoladi. 
Yer usti o‘simliklarida 10-100 marta kam bo‘ladi. Shuning uchun 1 kg 
tuz tarkibiga 25 mg qo‘shiladi. 
Ftor. Ftor yetishmasa tish kasalligi rivojlanadi. Ortiqcha miqdori 
ham, ya’ni tishda yig‘iladi va tish rangini o‘zgartiradi. Kundalik talab 
0,2 - 3,1 mg, yosh bolalar uchun kuniga 0,5 mg. 
Xrom. Bu element uglevod va lipid almashunuvida muhim 
ahamiyatga ega. Pivo achitqisi va jigar bu elementga boy (10—80 
mkg/100 g). 
Marganes. Organizmning marganesga bo’lgan sutkalik ehtiyoji 1 
kg vaznga 0,2-0,3 mg ni tashkil etadi. Eng ko’p miqdorda marganes 
klukva va choyda, nisbatan kamroq kashtan, kakao, sabzavotlar va 
mevalarda uchraydi (100-200 mkg/100 g).
Texnologik ishlov natijasida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi 
mineral moddalarning o‘zgarishi 19-jadvalda keltirilgan. 
19-jadval 
Texnologik ishlov natijasida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mineral 
moddalarning o‘zgarishi (elementlarni miqdori mg/100 g mahsulotda): 
Elementlar 
Bug‘doy doni 
Oliy navli yorma 
Ca 
41 
16 

372 
87 
Fe 
3 3 
0,8 


115 

370 
95 
Mn 
60 
16 
Zn 
3,50 
0,07 
Cu 
1,00 
0,32 
Mo 
0,14 
0,02 
Mn 
3,20 
0,83 
Mg 
0,014 
0,002 
Xomashyolarni qayta ishlashda uni tarkibidagi mineral moddalarni 
miqdori kamayadi. Masalan, un yormasi olishda don qobig‘i va 
murtagini ajratish hisobiga uni tarkibidagi moddalar kamayadi. 
Bug‘doy tarkibidagi kul miqdori 1,7%, un tarkibida 0,5 (oliy navli)
1,5% gacha (past navli). Sabzavot va kartoshkani tozalashda 10%dan 
30% gacha mineral moddalar kamayadi. 
Go‘sht, baliq va paranda go‘shtlari suyagidan ajratilganda kalsiy 
va fosfor miqdori kamayadi. 
Agar suyak bilan pishirilsa kalsiy miqdori 20%gacha oshadi. 
Sifatsiz jihozlarda xomashyolarga ishlov berilganda temir miqdori 
30% gacha oshadi. 
Konservalangan mahsulotlar temir bankalarda saqlanganda ham 
uni miqdori oshadi. Oksidlanish jarayoni kuchayadi. Mahsulot tarkibida 
zararli moddalar hosil bo‘ladi. (qo‘rg‘oshin, kadmiy, qalay). 
Ichimlik mahsulotlari tarkibida temirni miqdori 5 mg/l va misni 
miqdori 1 mg/l oshsa loyqalanish hosil bo‘ladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling