Oziq-ovqat kimyosi
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Mineral moddalar, mikroelementlar, makroelementlar. Takrorlash uchun savollar 1. Makroelementlarga qanday kimyoviy elementlar kiradi? 2. Inson organizmida mineral moddalar qanaqa funksiyalarni bajaradi? 3. Inson organizmida kalsiyni ahamiyati qanaqa? 4. Mikroelementlarga qaysi kimiyoviy elementlar kiradi va inson organizmida mikroelementlarni ahamiyati qanday? 5. Inson organizmida temir qanday vazifani bajaradi va qanday oziq- ovqat mahsulotlarida uni miqdori yuqori? 6. Yod tanqisligi nimaga olib keladi? 7. Texnologik ishlovlar mineral moddalarga qanday ta’sir etadi? 116 VI-BOB. VITAMINLAR KIMYOSI 6.1. Vitaminlar va ularning o‘zgarishi. Vitaminlarni funksiyasi Vitaminlar — tirik organizmda bo‘ladigan jarayonlarni biologik jihatidan tartibga soluvchi va katalizatorlik vazifasini o‘tovchi, turlicha kimyoviy tabiatli quyi molekulyar organik birikmalardir. Oziq-ovqat tarkibida ba’zi mahsulotlarning bo‘lmasligi tufayli organizm turli og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lishini insoniyat qadim zamonlarda ham bilgan, lekin faqat 1880 yilda rus olimi N. I. Lunin tomonidan bunday mahsulotlar organizm uchun zarur ekanligi tajriba asosida tasdiqlandi. Inson organizmining turli kasalliklarga chalinmasligi uchun oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida ma’lum miqdorda vitaminlarning bo‘lishi zarur, chunki organizm ularni etarli darajada sintez qila olmaydi. Organizmda vitaminlarning yetishmasligi yoki ularning bo‘lmasligi organizmni gipovitaminoz va avitaminoz deb ataladigan kasalliklarga olib keladi. Hozirgi vaqtda vitaminlar vazifasini bajaruvchi o‘ttizdan ortiq bi- rikmalar ma’lum. Bular ichida vitaminlar va vitaminsimon birikmalar bo‘lib, faqat vitaminlarning o‘zi yigirmadan ortiqdir. Vitaminlarni shartli ravishda lotin alfavitlari bilan belgilanadi. Ularni suvda erishi yoki erimasligiga ko‘ra ikki guruhga: suvda eriydigan vitaminlarga (B 1 , B 2 , B 6 , PP, C va boshqalar) yog‘da eriydigan vitaminlarga (A, E, D, K) bo‘lish mumkin. Insonning vitaminlarga bo‘lgan talabi uning yoshiga, sog‘ligining holatiga, hayot sharoitiga, ish faoliyatiga, yil fasliga va qolaversa qanday mahsulotlar iste’mol qilishiga bog‘lik bo‘ladi. Vitaminlardan tashqari shunday moddalar ham borki, ular vitamin bo‘lmasada, lekin organizmda vitaminlarga aylana oladi. Bunday moddalarni provitaminlar deyiladi. Provitaminlarga ba’zi karatinoidlar, to‘g‘rirog‘i β- karotin misol bo‘ladi. Oziq ratsionida A vitamin o‘rniga karotin ishlatish mumkin. Karotin A provitamindir, organizmda u A vitaminga aylanadi. Karotin sabzi, turli gullar, mevalar, sut, tomat, qon zardobi tarkibida uchraydi. A vitamin ko‘pincha jigarda yig‘iladi. Vitaminlarning asosiy manbasi o‘simliklardir. Shunga ko‘ra vitaminlarni tabiiy manbaidan ajratib olish, kimyoviy yoki mikrobiologik sintez asosida tayyorlash mumkin. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling