Oziq-ovqat kimyosi
Oziq-ovqat xomashyosi tarkibidagi fermentlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
8.2. Oziq-ovqat xomashyosi tarkibidagi fermentlar
Dukkakli va boshoqli o‘simliklar tarkibida gidrolitik fermentlar mavjud bo‘lib va ular yuqori molekulali moddalarni (oqsillarni, polisaxaridlarni, yog‘larni) gidrolizlanishida qatnashadi. Masalan: bug‘doy donida bir necha turdagi proteolitik fermentlar aniqlangan. Ular bir biridan pH optimumi bilan farqlanadi (nordon pH 3,7 — 4,0; neytral pH 6,5 -7,0; ishqoriy pH > 8,0 proteinazalar). Neytral proteinazani faolligi yuqori bo‘lib kleykovinani katta tezlikda parchalagan. Bundan tashqari amilolitik fermentlar ham mavjud bo‘lib kraxmalni gidrolizlanishida muhim ahamiyatga ega. Hayvon xomashyolari ham ferment sistemasiga boy bo‘lib, ularga tripsin, ximotripsin, pepsin, renin va boshqalar kiradi. Bu fermentlar oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Masalan sut kazeini (sutda azotli moddalarni 78% tashkil etadi) fosfoproteid hisoblanadi, 6-10% uglevodlardan tashkil topgan. Ca +2 ioni ta’sirida cho’kmaydi, renin ta’sirida makroglikopeptidlar va para-x- kazein hosil qiladi. Para-x-kazein Ca +2 ioni ta’sirida cho‘kmaga tushadi va boshqa kazein fraksiyalarini ham cho‘kmaga tushiradi. Pishloq ishlab chiqarishda asosiy jarayon hisoblanadi. Fermentlar oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Masalan; nonli mahsulot ishlab chiqarishda uning sifati fermentlarni faolligiga bog‘lik. Xamir tarkibidagi oqsillarni va kraxmalni gidrolizlanishi jarayonni jadallashtirishda muhim ahamiyatga ega va bu nonni sifatiga ta’sir etadi. Ilgarilari ferment manbai sifatida undirilgan don mahsulotlari qo‘llanilib kelingan. So‘nggi yillarda bu maqsad uchun mikroorganizmlardan olingan amilolitik va proteolitik fermentlar qo‘llanilib kelinmoqda. Un tarkibidagi qandli moddalar yetarli darajada gaz hosil qilmaydi. Kraxmal va kraxmalli mahsulotlar ishlab chiqarishda amilolitik fermentlar keng qo‘llanilib kelinmoqda. dekstrin ishlab chiqarishda; kraxmal patokasi; glyukoza; glyukoza-fruktoza qiyomi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling