Oziq-ovqat kimyosi
Meva va sabzavotlar tarkibidagi kislotalar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Meva va sabzavotlar tarkibidagi kislotalar:
O‘rikda: olma, limon kislota Behida: olma kislota Ananas: limon va olma kislotalari Apelsinda: olma, limon va shavel kislota Uzumda: olma vino, limon va shavel kislotalar. Limonda: limon, olma, vino, shavel kislotalar. Olmada: olma, xin, shavel, sirka, limon,pirouzum, sut, fumar, qahrabo kislotalar. Meva va sabzovatlar tarkibidagi eng ko‘p kislotalarga limon va olma kislotasi kiradi. Ba’zi bir kislotalarni miqdori har xil mevalarda turlicha bo‘ladi. Sitrusli mevalarda asosan limon kislotasi va kam miqdorda olma kislotasi uchraydi. Apelsinda olma kislotasi umumiy kislotani 10-25%, mandarinda 20%, limonda esa 5%ni tashkil etadi. Apelsin puchog‘ida 0,1%ga yaqin shavel kislotasi bo‘ladi. Limon kislotasi ananasda umumiy kislotani 85%ni olma kislotasi 10%ni tashkil etadi. Danakli va urug‘li mevalarda olma kislotasi umumiy kislotani 50- 90% tashkil etadi. Uzumda umumiy kislotani 50-65%ni vino kislotasiga to‘g‘ri keladi. Qolgani 25-30% olma kislotasiga va 10% limon kislotasiga to‘g‘ri keladi. Kislotalarni ma’lum qismi tuz holida bo‘ladi. Masalan, limonda 3%, nokda 20-30%. Mahsulot tarkibidagi sut kislotasi asosan mikrobiologik yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Pomidor tarkibida fosfor, sulfat va xlorid kislotasi bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarida asosan organik kislotalardan sut kislotasi laktozani sut kislotali bakteriyalar yordamida bijg‘ishi natijasida hosil bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini chuchuk ta’mi asosan vodorod ionlari asosida shakllanadi. Vodorod ionini aktivligi pH ko‘rsatkichi bilan tariflanadi. 130 Organik kislotalar kuchsiz kislota bo‘lib suvli eritmada kam dissotsiyalanadi. Suyuq ozuqa mahsulotlarini pH ko‘rsatkichi 22- jadvalda keltirilgan. 22-jadval Suyuq ozuqa mahsulotlarini pH ko‘rsatkichi Ozuqa mahsulotlari pH ko‘rsatkichi Apelsin sharbati 3,2-3,5 Ananas sharbati 3,6 Uzum sharbati 3,2 Pivo 4,2-4,6 Sut 6,6-6,8 Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling