Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar Organik kislota, anorganik kislota, sirka kislota, sut kislota, limon kislota, olma kislotasi, vino kislotasi. Takrorlash uchun savollar
Olma kislotasi-konditer mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar
ishlab chiqarishda qo’llaniladi. E296. Vino kislotasi konditer mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi E334. Ozuqaviy kislotalarni energetik qiymati 23-jadvalda keltirilgan. 23-jadval Ozuqaviy kislotalarni energetik qiymati Ozuqaviy kislota Energetik qiymati, kkal/g Limon kislota 2,5 Olma kislota 2,4 Sut kislota 3,6 Inson organizmida ba’zi bir kislotalar, limon kislota kanserogen nitrozaminlarni hosil bo‘lishiga qarshilik qiladi va rak kasalligini kelib chiqishini olidin oladi. Ba’zi fermentlarni faollashtiradi. Benzoy kislota antiseptik xususiyatga ega. Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar Organik kislota, anorganik kislota, sirka kislota, sut kislota, limon kislota, olma kislotasi, vino kislotasi. Takrorlash uchun savollar 1. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kislotalarga umumiy tavsif bering? 2. Mahsulot pH ko‘rsatkichini boshqarishga misol keltiring? 3. Organik kislotalarni texnologik funksiyasini aytib bering? 4. Meva va sabzavotlar tarkibidagi kislotalarni izohlab bering? 5. Suyuq ozuqa mahsulotlarini pH ko‘rsatkichini aytib bering? 6. Ozuqaviy kislotalarni energetik qiymatini aytib bering? 132 VIII-BOB. FERMENTLAR KIMYOSI 8.1. Fermentlarni oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi roli 8.1.1. Fermentlarni umumiy tavsifi Fermentlar oqsil tabiatli biologik katalizator bo‘lib tabiatda keng tarqalgan. Ular kimyoviy reaksiyalarni 10 8 — 10 20 marta tezroq katalizlaydi. Fermentlar bir biridan spesifikligi tufayli farqlanadi. Mutlaq (absolyut) spesifiklik – ferment faqat bitta substratni katalizlaydi. (arginaza fermenti - argininni metilargininga aylantiradi) Gruppali spesifiklik – ferment ma’lum strukturali o‘xshash substratlarga ta’sir etadi. Nisbiy spesifiklik - ma’lum turdagi reaksiyalarga spesifik bo‘lgan fermentlar. Bunday fermentlar uchun katalizlanayotgan bog‘ atrofidagi gruppalarni farqi yo‘q. Masalan, lipaza va esteraza, peptidazalar. Stereospesifikli fermentlar bunday fermentlar faqat bitta stereokimyoviy shakldagi substratga ta’sir etadi. Fermentlarni yana bir xususiyatlari ularni labilligi. Ya’ni, ularni faolligi muhit pH ko‘rsatkichiga, haroratga aktivator va ingibitorlarga bog‘liq. Ko‘pchilik fermentlar ikki komponentli hisoblanadi. Apoferment va kofermentdan iborat. Kofermentlarni kimyoviy tabiati har xil va fermentativ reaksiyalarda ularni funksiyasi har xil. Koferment sifatida vitaminlar va ularni hosilalari kiradi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling