Oziq-ovqat kimyosi
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Mioglobin oqsili, xlorofil, karotinoid, antotsian, metmioglobin, metglobulin. Takrorlash uchun savollar 1. Go‘sht mahsulotlariga rang beruvchi moddalarni aytib bering? 2. O‘simlik mahsulotlariga rang beruvchi moddalarni aytib bering? 3. Go‘sht mahsulotlari rangining o‘zgarishini izohlab bering? 4. O‘simlik mahsulotlari rangining o‘zgarishini izohlab bering? 147 X-BOB. OZUQAVIY BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR KIMYOSI 10.1. Ozuqaviy biologik faol qo‘shimchalar, aromizatorlar 10.1.1. Oziq-ovqat qo‘shimchalar haqida umumiy tushuncha Ozuqa qo‘shimchalari - tabiiy va sintetik moddalar bo‘lib ozuqaviy modda sifatida o‘zlashtirilmaydi. Ular oziq-ovqat mahsulotlar tarkibiga qo‘shilishidan maqsad, mahsulotni saqlash muddatini uzaytirish, tashqi ko‘rinishini saqlash va organoleptik xususiyatlarini o‘zgartirishga qaratilgan. Mahsulot tarkibiga ozuqaviy qo‘shimchalar quyidagi maqsad uchun qo‘shiladi: 1. Xomashyolarni qayta ishlashni, qadoqlashni, saqlashni takomillashtirish. 2. Tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlash. 3. Organoleptik xususiyatlarni yoki tuzilishini, barqarorligini uzaytirish. Ozuqaviy qo‘shimchalar bir necha guruhlarga bo‘linadi: ozuqaviy moddalarni tuzilishini yaxshilaydigan moddalar (rang beruvchi moddalar, rangni barqarorlashtiruvchi, oqartiruvchi moddalar); mahsulot ta’mini boshqaruvchi moddalar (ta’m beruvchi moddalar, shirinlashtiruvchi moddalar, kislotalar); mahsulot konsistensiyasini boshqarish va qattiqlikni shaklantirish (quyuqlashtiruvchi, gel hosil qiluvchi moddalar, emulgatorlar va boshqalar); mahsulotni tabiiyligini va saqlash muddatini uzaytiruvchi moddalar (konservantlar, antioksidantlar va boshqalar). Hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan qo‘shimchalar 500 dan ortib ketgan. Raqamli kodlash asosida qo‘shimchalar quyidagicha sinflangan. E100- E182 — rang beruvchi moddalar; E200 va 299 — konservantlar; E300 va E399 —antioksidantlar; E400 va 499 — quyuqlikni barqarorlashtiruvchi moddalar; E450 va E449, E1000 — emulgatorlar; E500 va 599 — kislotalikni boshqaruvchi moddalar, yumshatuvchilar; E600 va 699 — ta’m va xushbo‘ylikni kuchaytiruvchilar; 148 E700—E800 — zaxira indekslari; E900 va keyingilari — nonni yaxshilovchi moddalar. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling