Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
158 Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar Konservantlar, antibiotiklar, ozuqaviy antioksidantlar, antioksidlovchilar, yog‘larni oksidlanishi, nutritsevtikalar, parafarmatsevtikalar, probiotiklar. Takrorlash uchun savollar 1. Konservantlarga tarif bering? 2. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda konservantlarni ahamiyatini aytib bering? 3. Konservantlarga misollar keltiring? 4. Antioksidantlarga tarif bering? 5. Antioksidantlarga misollar keltiring? 6. Biologik faol qo‘shimchalarga tavsif bering? 7. Biologik faol qo‘shimchalarni klassifikatsiyasini aytib bering? 159 XII BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING XAVFSIZLIGI 12.1.Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi 12.1.1. Oziq-ovqat xavfsizligini nazorat tizimi Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi murakkab muammo bo‘lib, olimlardan, ishlab chiqarish mutaxassislaridan, sanitariya epidimologiya xizmati xodimlaridan bu muammoni yechish bo‘yicha ko‘p ishlarni talab qiladi. Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini dolzarbligi yil sayin oshib bormoqda. Xomashyo va mahsulotlarni xavfsizligini ta’minlash insonlarni sog‘lig‘ini va genafondini saqlashni asosiy omili hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi deganda, ularni inson iste’mol qilganda sog‘lig‘iga zarari yo‘qligi tushiniladi. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan inson organizmiga zararli moddalar tushishi mumkin. Shuning uchun oldimizda mahsulotlarni sifatini nazorat qilish ma‘suliyatini oshirish muammosi yotadi. 1970 yillarni boshida mahsulot xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfli omillarni kritik nazorat nuqtasi konsepsiyasi (XOKNK) ishlab chiqildi. Konsepsiyaga ko‘ra XOKNKni mas’uliyati ishlab chiqaruvchilarga yuklatiladi. Boshqa tarafdan u ishlab chiqruvchilarga mahsulotlarni nazorat qilish samarasini oshirish, shu bilan birga oziq- ovqat mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash yotadi. XOKNKni yuzaga chiqarish 2 ta asosiy tadbirni o‘z ichiga oladi: Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling