Oziq-ovqat kimyosi
Laboratoriya ishlarini tashkil qilish va mashg‘ulotlarni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
13.3. Laboratoriya ishlarini tashkil qilish va mashg‘ulotlarni
bajarishda o‘qituvchi va talabalarning asosiy vazifalari Laboratoriya ishini tashkil qilish darajasi talabalarning amaliy ish mavzusi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar) va laboratoriya ishini bajarishning uslubiy ko‘rsatmalari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Laboratoriya mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazish maqsadida qo‘yiladigan talablardan biri shundan iboratki, talaba amaliy darslarga laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarning qisqacha mazmunini konspekt qilgan holda kelishlari kerak. Uning uchun har bir talaba laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va darsliklar yoki o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Talabalarning amaliy darslarga tayyorlanishi ushbu dars bo‘yicha uslubiy qo‘llanmaning qisqacha mazmunini yozib olishdan iborat 170 bo‘libgina qolmasdan, ular darsga laboratoriya daftari, qalam, ruchka, o‘chirg‘ich va darslik yoki o‘quv qo‘llanmasi bilan kelishlari kerak. Darslik yoki qo‘llanmalar amaliy mashg‘ulotlar natijalarini talqin qilish va ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar chiqarish uchun kerak bo‘ladi. Laboratoriya mashg‘ulotlarining bajarilishining tashkil qilinishi amaliy ish o‘qituvchisiga bog‘liq. Uning ratsional shakllaridan biri bir talabaning bajarayotgan amaliy mashg‘ulotlari mavzusi boshqasiniki bilan mos kelmasligi kerak. Shuning uchun ham har bir darsda har qaysi talabaga alohida amaliy mashg‘ulotni bajarishni topshirish kerak. Aks holda mashg‘ulotni bajarish bilan akademik guruhning 3-4 talabasi shug‘ullanib qoladi, qolganlari esa tomoshabin bo‘lib turaveradi. Natijada qo‘yilgan maqsadga erishilmaydi va dars samarasiz o‘tadi. Dars vaqtida sigareta yoki nos chekish, bir-birlari bilan gaplashib o‘tirish, qattiq gapirish yoki kulish, boshqalarga halaqit berish yoki laboratoriya mavzusiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlar bilan shug‘ullanish qat’iyan man qilinadi. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari talabalarga qo‘yidagi qo‘shimcha talablar qo‘yiladi: ular o‘tgan laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha joriy nazoratlarini topshirish uchun tayyor bo‘lib kelishlari kerak: o‘tgan mashg‘ulot natijalari va ular bo‘yicha talaba tomonidan qilingan xulosalar laboratoriya ishlari daftarida xatosiz va standart talablar asosida rasmiylashtirilgan bo‘lishi zarur, talabaning o‘zi esa ishni bajarish uslublarini va natijalarni o‘qituvchi oldida tahlil qilib berishi uchun tayyor bo‘lishi kerak. Har bir talaba laboratoriya ishlari daftarida ishni bajarish uslubining qisqacha mazmunidan tashqari berilgan formulalar orqali tajriba natijalarini hisoblab chiqadi, kerak bo‘lsa, ishlatilgan o‘lchash jihozlarining rasmlarini yoki shartli sxemalarini chizadi, olingan natijalar bo‘yicha qisqacha nazariy va amaliy xulosalar chiqaradi. Bulardan tashqari laboratoriya ishlari daftarida dars o‘tilgan sana va xulosalardan keyin talaba imzosi qo‘yiladi. Har bir laboratoriya darsidan keyin bugungi va o‘tgan laboratoriya ishlari natijalari o‘qituvchi tomonidan tekshirilib chiqiladi, ular bo‘yicha talabalar bilan savol-javob o‘tkaziladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari natijalarini qabul qilganligi to‘g‘risida o‘qituvchi talabaning laboratoriya ishlari daftarida har bir darsdan keyin “……. Qabul qilindi” deb imzo chekadi, agar kerak bo‘lsa, ushbu laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha talabaning to‘plagan joriy nazorat ballarini ko‘rsatadi. 171 Fan bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarining boshlanishi oldidan laboratoriyada ishlash davrida xavfsizlik texnikasiga rioya qilish to‘g‘risida talabalarga ko‘rsatma beriladi. Laboratoriya mashg‘ulotlariga faqat ko‘rsatma olganligi to‘g‘risida imzo chekkan talaba qo‘yiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling